So’nggi yangiliklar

15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Bugun ham ikkita derbi, imkoniyatlar bugun ham teng Yangiliklar

Bugun ham ikkita derbi, imkoniyatlar bugun ham teng

Yana bir necha soatdan so'ng oliy liga 11-tur o'yinlarining qolgan to'rttasi start oladi.
Vodiyda qo'qonlik muxlislar o'z maydonlarida Baxtiyor Ashurmatov jamoasini qabul qiladilar. Bu o'yinda ikki jamoaning imkoniyatlarini teppa-teng baholash mumkin. "Navbahor"da Dilshod Jabborov katta yo'qotish bo'lishi mumkin. SHahboz Erkinovni maydonga qaytishi mehmonlarning foydasiga. Bir tur avval dam olgan Quvondiq Ro'ziev va Doniyor Usmonov yana maydonga qaytadilar.

"Qo'qon-1912" (Qo'qon) - "Navbahor" (Namangan)
Imkoniyatlar: 50:50%
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Raximov (Andijon)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).




"Lokomotiv" jamoasi bir o'yinda o'nlab imkoniyatlarga ega bo'lyapti. Agar shu imkoniyatlardan unumli foydalana olganida imkoniyatlarni 40:60% baholagan bo'lardik. Lekin, o'zbek futbolidagi kasallik. "Buxoro" esa hali biron jamoadan to'liq uch ochko olmadi. Ertaga jamoani yangi bosh murabbiy boshlab tushadi. "Lokomotiv" esa imkon qadar qolgan o'yinlarda uch ochkoni yo'qotmaslikka harakat qiladi.

"Buxoro" (Buxoro) - "Lokomotiv" (Toshkent)
Imkoniyatlar: 45:55%
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).




Garchand bu o'yin avvalgidek ahamiyatga ega bo'lmasada, "Bunyodkor" safida SHorahmedov, Karimov va Ibrohimov kabi futbolchilar g'urur uchun ham maydonga chiqadilar. Aynan ular avvalgi "derbi"ni xadisini olganlar sirasiga kiradilar. "Paxtakor"ni esa so'nggi turlarda o'yinlari ancha yaxshilandi. "Bunyodkor"da JCH tufayli yo'qotishlar bor, "Paxtakor"da esa bu bilan muammo deyarli yo'q.

"Paxtakor" (Toshkent) - "Bunyodkor" (Toshkent)
Imkoniyatlar: 50:50%
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).




Qarshida bo'lib o'tadigan o'yinda shubhasiz favorit "Nasaf". Hech qanday yo'qotish yo'q. O'z navbatida "So'g'diyona"da ham. Bugungi o'yinda Gevorkyan katta sahnaga chiqishi mumkin. "So'g'diyona"da esa himoya bilan bog'liq muammo yo'q emas.

"Nasaf" (Qarshi) - "So'g'diyona" (Jizzax)
Imkoniyatlar: 60:40%
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi:
R. Aytekov (Toshkent).


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика