So’nggi yangiliklar

09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  0 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  8 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  3 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0

Bugun g'alaba qozonishimiz shart! Falastindagi mag'lubiyatni suratlar yordamida yodga olamiz Yangiliklar

Bugun g'alaba qozonishimiz shart! Falastindagi mag'lubiyatni suratlar yordamida yodga olamiz

Bugun, 19 noyabr kuni JCH-2022 saralashi ikkinchi bosqichi doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Falastinni qabul qiladi.

"Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuvga muxlislarni chorlab qolamiz. Terma jamoani qiyin pallada qo'llab-quvvatlashda davom eting.

SHu o'rinda bundan deyarli ikki oy avval Falastinda o'tkazilgan bahs va undagi mag'lubiyatimizni suratlar yordamida yana bir bor yodga olishni xohladim. Sababini esa oxirida yozaman.

JCH-2022 saralashi, 2-bosqich
Falastin - O'zbekiston 2:0

5 sentyabr 2019 yil
Ramalloh, "Faysal Al Hussayni" stadioni
Hakamlar: Fu Ming (Xitoy), Huo Veiming (Xitoy), Vang Decin (Xitoy), Arafa Muhammad (Iordaniya).
Nazoratchi: Baskar Purushotaman (Hindiston).
Komissar: SHahir Ahmed (Maldiv).

Gollar: Oday Dabbah 60, - 1:0. Islom Batran 84, - 2:0.

Falastin: 22.Rami Hamada, 3.Muhammad Rashid, 5.Yosir Hamid, 7.Musab Battat, 9.Tamir Seyam, 11.Oday Dabbah (21.Islom Batran, 83), 14.Abdallah Jobir, 15.Abdallatif Al Bahdari, 19.Mahmud Vadi (18.Solih CHihadeh, 64), 20.Natmi Al Badavi, 23.Muhammad Darvish.
Zaxira: 1.Tavfiq Abuhammad, 2.Ahmad Qatmish, 4.Muhammad Abumayala, 6.SHadi SHabon, 8.Muhammad Yamin, 10.Samih Maraba, 12.Xolid Salim, 13.Mahmud Abuvarda, 16.Naim Abuaker, 17.Musa Bashir.

O'zbekiston: 1. Eldorbek Suyunov, 4. Farruh Sayfiev, 5. Anzur Ismoilov, 15. Egor Krimec, 6. Davron Hoshimov, 7. Odil Hamrobekov, 9. Odil Ahmedov, 10. Jaloliddin Masharipov (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 83), 8. Ikrom Aliboev (23.Sanjar SHoahmedov, 62), 19. Quvondiq Ro'ziev (17.Dostonbek Hamdamov, 62), 14.Eldor SHomurodov.
Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 16.Botirali Ergashev, 2.Xojiakbar Alijonov, 3.Doston Tursunov, 13.SHarof Muhitdinov, 18.Azizjon G'aniev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Igor Sergeev, 22.Doston Ibragimov.

Ogohlantirishlar: Mahmud Vadi 19, Egor Krimec 30, Muhammad Darvish 64.

O'sha kungi bahs Ektor Kuper uchun O'zbekiston MTJ bosh murabbiyligidagi so'nggi rasmiy o'yinga aylangandi.


Suniy maydonda futbolchilarga oson bo'lmagandi.


Falastinliklar sardori Abdullatif al-Bahdari o'sha kuni SHomurodovga kun bermagandi. Umid qilamiz, bugun aksi bo'ladi.


Ikki yarim oy oldingi to'qnashuvda Falastin futbolchilari kurashlarning katta qismida g'alaba qozonishgandi, umid qilamiz bugun yigitlarimiz yakka kurashlarda ularga hech qanday imkon qoldirishmaydi.


Falastindagi maydonga eng yaxshi baho.


Eldor o'sha kuni urolmagan gollarini bugun bitta qilib urishiga ishonamiz.


Bugungi kunda o'ng qanot vingeri roli Quvondiqqa emas, Doston Hamdamovga ishonib topshirilmoqda.


Afsuski, o'sha uchrashuvda Oday Dabbah hisobni ochgandi. Bir kun oldin falastinlik jurnalistlar biz bilan suhbatda aynan Oday Dabbah va jamoa sardori Abdullatif al-Bahdari asosiy "figura" ekanliklarini takidlashgandi.


Bugun Eldor Suyunovdan gol nishonlashni kutib qolamiz.


Afsuski, Krimec bugun terma jamoaga yordam berolmaydi.


Odil bugun jamoani yirik g'alaba sari etaklashiga ishonamiz.


Zaxiradan maydonga tushgan Islom Batran darvozamizga ikkinchi golni urgan vaziyat.


Bugun bizning zaxira o'rindig'imizdagilar shunday bayram qilishsin!


No comment!


Saytimizda materiallarni o'quvchilar uchun berib boramiz. Ammo, bu safar ushbu suratlarni ko'proq futbolchilarimiz uchun joyladim. Nega? Xohladim-ki, o'yinchilarimiz Falastinda qanday mag'lub bo'lishganini va maydonni boshlari egik holda tark etishganini yana bir bor eslashsin. Nima uchun eslashsin? SHuning uchun-ki, bugun raqibni yanchib tashlashlari kerak. Bugun bizga yirik hisobdagi g'alaba zarur. CHunki, har ehtimolga qarshi to'plar nisbatimizni yaxshilab olishimiz kerak. Futbolchilar bu suratlarni ko'rishadi, bunga aminman. Bu suratlar ularning ko'zlarini "yondirish"da omillardan biri bo'lishiga umid qilaman.


Bugun hammasi yaxshi bo'ladi. Olg'a, O'ZBEKISTON!



Tolibjon Qosimov

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика