Bugun Fyodor Cherenkov 54 yoshga to'ldi

Tolibjon Qosimov
25 iyul 2013
Bugun Spartakning afsonaviy futbolchisi Fyodor Fyodorovich Cherenkov 54 yoshga to'ldi, deb xabar bermoqda Spartak rasmiy sayti.
Cherenkov Spartak safida maydonga tushish bo'yicha rekordchi hisoblanadi - 494 o'yinda u 121 ta gol urgan. Cherenkov 1983 va 1989 yillarda SSSRning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan. U uch marta SSSR chempioni bo'lgan - 1979, 1987 va 1989 yillarda, 1993 yilda Rossiya chempioni bo'lgan, 1994 yil Rossiya kubogi sohibi bo'lgan. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net