Bugun futbol. "Surxon" - "Lokomotiv"
09 apr 2021 10:52
Yangiliklar
Bugun futbol. "Surxon" - "Lokomotiv"
Turnir jadvalida "Surxon" 4 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi. Bu jamoa to'rtta o'yindan bittasida g'alaba qozonib, bir bor durang o'ynadi va ikki bor mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 3-4.
"Surxon" mavsumni o'z maydonida "Metallurg"ga qarshi bahs bilan boshlab 1:0 hisobida zafar quchdi. So'ngra jamoa safarda "Andijon"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lib, Termizda "Qo'qon-1912" bilan 1:1 o'ynadi. O'tgan tur esa termizliklar g'alaba qozonishlari mumkin bo'lgan bahsda "So'g'diyona"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'yishdi.
"Lokomotiv" ushbu chempionatni qatorasiga ikkita mag'lubiyat bilan boshladi. "Temiryo'lchilar" dastlab safarda AGMK va uyda "Navbahor"ga imkoniyatni boy berishdi. Oxirgi ikkita o'yin esa duang natija bilan yakun topdi. "Loko" hozirda 2 ochko bilan 13-o'rinda boryapti. To'plar nisbati 5-7.
Bugungi bellashuv ham qiziqarli bo'lishi kutilyapti. Imkoniyatlar borasida ustunlik mehmonlar tomonida. To'g'ri, "Surxon" o'z maydonida o'ynaydi, biroq tarkibdagi futbolchilar mahorati tomonlama "Lokomotiv" kuchli.
Coca Cola Superligasi. 5-tur
"Surxon" - "Lokomotiv"
Bosh hakam: Akobir SHukrullaev
Qanot hakamlari: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov.
Zaxira hakami: Viktor Grigorev.
Nazoratchi: Arslon Hotamov
Komissar: O'ngar Jalimov

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar