Bugun futbol. "Surxon" - "Andijon"
29 apr 2019 16:34
Yangiliklar


Bugun futbol. "Surxon" - "Andijon"
Superligada bu mavsum o'ynash huquqini qo'lga kiritgan "Surxon" va "Andijon" jamoalari Termizda o'zaro bahs olib borishadi. O'yin soat 17:30da start oladi.
Musobaqa jadvalida "Surxon" 8 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi. "Andijon" esa 5 ochko to'plagan hamda 11-o'rinda boryapti. Bugun Superliga debyutanti "Surxon" o'z maydonida to'rtinchi uchrashuvini o'tkazadi. Termizliklar bungacha bo'lib o'tgan uchta o'yinning bittasida zafar quchib, ikki bor durang qayd etishgan.
"Andijon" esa safarda beshinchi marta maydonga tushadi. Bungacha to'rt bor safarda to'p tepgan Eldor Sakaev shogirdlari hali g'alaba nashidasini surgani yo'q. Jamoa ikki bor durang va yana ikki marta mag'lubiyat qayd etdi. "Andijon" shu paytgacha safarda "Qizilqum", "Qo'qon-1912", "Lokomotiv" va "Bunyodkor" klublariga qarshi to'p tepdi.
Bilasizmi? "Andijon" safar o'yinlarida faqat bitta to'p kiritgan. Bu jamoa oxirgi uch uchrashuvdan beri gol ura olmayapti.
Fakt: "Surxon" oxirgi marta o'z uyida "Andijon" bilan 2004 yil o'ynab, 2:1 hisobida g'alaba qozongan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar