So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Paxtakor"

Bugun Superliganing 6-turidan o'rin olgan yana uchta o'yin o'tkaziladi.

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi. "Paxtakor" turnir jadvalida 13 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. "So'g'diyona" esa 6 ochko to'plagan hamda 10-o'rinni egallab turibdi. 

"So'g'diyona" mavsumni g'alaba bilan boshladi, biroq shundan so'ng qatorasiga uchta bellashuvda mag'lub bo'ldi. Jizzaxliklar safarda "Nasaf" va "Dinamo"ga, uyda esa "Surxon"ga imkoniyatni boy berishdi. Mana shu uch o'yinda "So'g'diyona" faqat bitta gol ura oldi xolos. 

Natijada rahbariyat Sergey Lushanga chiqish eshiklarini ko'rsatib, o'rniga o'tgan mavsum "Buxoro"ni boshqargan Ulug'bek Baqoevni taklif etdi. Baqoev boshchiligidagi jamoa o'tgan tur g'alabaga erishdi. "So'g'diyona" "Metallurg"dan 2:1 hisobida ustun keldi. 

"Paxtakor" esa mag'lubiyatsiz o'z yo'lida davom etmoqda. SHota Arveladze shogirdlari beshta o'yindan to'rttasida g'alaba qozonib, bir marta durang o'ynashdi. Bugun "Paxtakor" safarda uchinchi o'yinini o'tkazadi. Avvalgi safar uchrashuvini Termizda o'tkazgan "sherlar" 0:0 hisobini qayd etishdi. 

Jamoalarning o'zaro oxirgi 5 o'yini: 

2018 yil. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 0:1 

2017 yil. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 0:1 

2016 yil. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 0:1 

2015 yil. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 0:3 

2014 yil. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 0:1 

Ko'rib turganingizdek, Jizzaxda bo'lib o'tgan oxirgi beshta o'yinda faqat "Paxtakor" g'alaba qozongan. To'plar nisbati 0-7. "So'g'diyona" hatto o'z uyida gol ura olmagan. Eng qizig'i, oxirgi uch yildan beri "Paxtakor" Jizzaxdan faqat 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytyapti.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика