So’nggi yangiliklar

19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  0 19:25Про лига. "Арал" Нукусда "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  7 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   1 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  0 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  2 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  8 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  11

Bugun futbol! "So'g'diyona" - "Navbahor" Yangiliklar

Bugun futbol! "So'g'diyona" - "Navbahor"

Bugun oliy ligada bo'lib o'tadigan uchta o'yindan so'ng 18-tur o'z yakuniga etadi.

Namanganning "Navbahor" jamoasi Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi. 

Oliy liga. 18-tur. 14 avgust 

SO'G'DIYONA - NAVBAHOR

Boshlanish vaqti - 19:00


Bosh hakam: Vladislav Ceytlin

Turnir jadvalidagi o'rni: "So'g'diyona" 13-o'rinda (17 ochko), "Navbahor" 12-o'rinda (17 ochko). 

Ochkolar orasildangi farq - 0 ochko. 

Tarif: Turnir jadvalida yonma-yon o'rinlarda borayotgan jamoalar bahsi. Ikkala jamoa ham bungacha bir xil 17 ochkodan to'plagan. "Navbahor" hozircha 10ta, "So'g'diyona" esa sakkizta bahsda mag'lub bo'lgan. Bugungi o'yinda g'alaba qozongan jamoa albatta raqibidan ko'tarilib oladi. Jizzaxda juda yaxshi uchrashuv bo'lishi kutilyapti. Jamoalarning imkoniyatini teng deya baholash mumkin. 

Fakt: O'z maydonida sakkizta bellashuv o'tkazgan "So'g'diyona" shundan ikkitasida g'alaba qozonib, to'rt marta durang o'ynadi va ikki bor mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 4-4. Umuman olganda, "So'g'diyona" Jizzaxda qatorasiga to'rtta uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa uch marta durang qayd etib, bir bor mag'lub bo'lgan. Jizzaxliklar oxirgi marta o'z maydonida 9-turda "Olmaliq"ni mag'lub etishgan. 



Fakt: Safarda ettita uchrashuvda maydonga tushgan "Navbahor" esa barcha o'yinlarda mag'lub bo'lgan. Jamoa hattoki durang qayd eta olmay kelyapti. "Navbahor"ning safar uchrashuvlaridagi to'plar nisbati 4-17. Umuman olganda, "Navbahor" safar bellashuvlarida eng kam gol urgan jamoalardan biri bo'lib turibdi. Agar namanganliklar bugun durang o'ynashsa, yoki g'alaba qozonishsa, bu ham o'ziga xos kichik sensaciya bo'ladi. 



Eslatma: Namanganda kechgan birinchi davra bahsida tomonlar 0:0 hisobini qayd etishgan. 

Eslatma: Kecha bo'lib o'tgan Yoshlar ligasi uchrashuvida "Navbahor" 1:0 hisobida zafar quchdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика