Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Metallurg"
26 sen 2021 12:24
Yangiliklar
Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Metallurg"
Musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgan "So'g'diyona" o'z maydonida 10-o'rindagi "Metallurg"ni qabul qiladi. "So'g'diyona" shu paytgacha 9 bor g'alaba qozonib, 8 marta durang qayd etgan hamda ikkita o'yinda mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 22-12. "Metallurg" hisobida esa 6ta g'alaba, bir durang va 12 mag'lubiyat bor. To'plar nisbati 17-27.
"So'g'diyona" ikkinchi davrada hozircha uchta o'yinda zafar quchdi va bir bor mag'lub bo'lib, ikkita bellashuvda durang o'ynadi. Jizzaxliklar oxirgi ikki turdan beri g'alaba qozona olishmayapti.
"Metallurg" ikkinchi davrada ko'rsatayotgan natijalarga esa havas qilib bo'lmaydi. Bekobodliklar ikkinchi davrani ketma-ket to'rtta mag'lubiyat bilan boshlashdi. Safarda "Andijon"ni mag'lub etib qaytgan jamoa so'ngra o'z maydonida "Qo'qon-1912"ga imkoniyatni boy berdi.
Bugungi bahs bekobodliklar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoa yana yutqazib qo'ysa ahvol chigallashadi. "So'g'diyona"ning maqsadi esa chempionatni kuchli uchlikda tugatish va buning uchun jamoa borini berib o'ynamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar