So’nggi yangiliklar

13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  0 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  4 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  7 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  8

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Qizilqum"

Bugun Superligada 13-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Musobaqa jadvalida "Qo'qon-1912" 15 ochko jamg'argan holda 8-o'rinni egallab turibdi. "Qizilqum" esa 10 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda. 

O'tgan turni "Qizilqum" ajoyib o'tkazdi. Jamoa sal qolsa Toshkentda "Lokomotiv"ni mag'lub etishi mumkin edi, ammo kutilmaganda o'tkazib yuborilgan gol mehmonlarni qimmatli ikki ochkodan mahrum etdi. 

"Qo'qon-1912" jamoasi avvalgi turda o'z maydonida yutqazib qo'ydi. Va bu qo'qonliklarning uydagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. Umuman olganda, "Qo'qon-1912" bungacha o'z maydonida beshta o'yinda maydonga tushib, shundan ikkitasida g'alaba qozongan va ikki bor durang qayd etgan. Qo'qonliklar uyda "Navbahor" va "Bunyodkor"ni mag'lub etishgan. 

"Qizilqum" bugun safarda 6-o'yinini o'tkazadi. Navoiyliklar bungacha o'tkazilgan o'yinlarning faqat bittasida g'olib chiqishgan. "Qizilqum" safarda faqat "So'g'diyona"ni mag'lub eta olgan, xolos. 

Bilasizmi? "Qo'qon-1912" oxirgi uch turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Xuddi shuningdek, "Qizilqum" ham oxirgi uchta o'yinda g'alabaga erisha olmadi. 

Har ikkala jamoa oxirgi uch ochkosini o'z maydonida qo'lga kiritgan. "Qo'qon-1912" "Bunyodkor"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "Qizilqum" AGMKdan 3:0 hisobida ustun kelgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика