So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  8 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  3 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Neftchi" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Neftchi"

Bugun ikkita uchrashuv bilan Superliganing 11-tur bahslariga start beriladi.

Bugun Qo'qonda vodiy derbisi bo'lib o'tadi. "Qo'qon-1912" o'z maydonida Farg'onaning "Neftchi" klubini qabul qiladi. Bahs 18:30da boshlanadi.

Turnir jadvalida qo'qonliklar raqibdan 10 ochkoga ilgarilab ketgan holda 8-o'rinni egallab turishibdi. "Neftchi" esa atigi to'rt ochko jamg'arib oxirgi o'rinda bormoqda.

"Qo'qon-1912" hozirgacha uch bor g'alaba qozongan bo'lib, ikkitasi uyda va bittasi safarda qo'lga kiritildi. No'mon Hasanov shogirdlari safarda "Qizilqum", uyda esa "Navbahor" va "Bunyodkor"dan ustun kelishdi.

Bilasizmi? "Qo'qon-1912" qatorasiga etti o'yindan beri yutqazmay kelyapti. Jamoa ikki bor zafar quchib, besh marta durang o'ynadi.

Fakt: "Qo'qon-1912" o'z uyida hali gol o'tkazmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. To'plar nisbati 2-0.

"Neftchi"ga keladigan bo'lsak, bu jamoa safarda tugul hatto uydagi o'yinlarda ham g'alaba qozongani yo'q. Farg'onaliklar ortda qolgan 10ta turning to'rttasida durang o'ynab, olti bor mag'lubiyatga uchrashdi. "Neftchi"da to'plar nisbati ham juda xunuk ko'rinida 3-14 (-11).

Muxlislar "Neftchi" qachon ilk g'alabasini nishonlarkin deya kutish bilan ovora. Umuman olganda, hozirgi "Neftchi" juda mushkul ahvolda. Jamoa o'tgan yilgi "Obod"ga o'xshab qolyapti.

Bilasizmi? "Neftchi" oxirgi uchta o'yindan ikkitasini durang bilan yakunladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика