So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Dinamo" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Dinamo"

Bugun oliy liganing 27-turidan o'rin olgan to'rtta uchrashuv o'tkaziladi. "Qizilqum" o'z maydonida "Dinamo" bilan kuch sinashadi.

17:00 - “Qizilqum” (Navoiy) – “Dinamo” (Samarqand)

Hakamlar: H. Ro'ziev (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), R. Lutfullin (Toshkent)

Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent)

O'zPFL vakili: A. Frolov

Bu o'yin shunisi bilan qiziqki, kelasi yil oliy ligada 12ta jamoa qoladi deyilganidan keyin ko'p klublar qimirlab qolishdi. Ayniqsa, jadvalning quyi o'rinlarida borayotganlar. Turnir jadvalida "Qizilqum" bilan "Dinamo" yonma-yon o'rinlarni egallab turibdi. 

"Qizilqum"da 30 ochko va 11-o'rin, "Dinamo"da esa 29 ochko va 12-o'rin. SHu bois ham ushbu bellashuv nihoyatda qiziq kechishi kutilyapti. Imkoniyatlar borasida "Qizilqum"ni biroz ustun deya olamiz. Har holda bu jamoa uyda o'ynaydi. Lekin nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. 

Ikkala jamoa ham ikkinchi davrani ko'ngildagidek o'tkaza olmayapti. "Obod"ga qarshi texnik g'alabalarni hisobga olmaganda har ikkala klub shu paytgacha bittadan o'yinda g'alaba qozondi. "Qizilqum" o'z maydonida "Qo'qon-1912"dan, "Dinamo" esa "Olmaliq"dan ustun kelgan. 

Bilasizmi? "Qizilqum" oxirgi uch uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Jamoa "Nasaf", "Lokomotiv" va "Neftchi" klublariga imkoniyatni boy berdi. Qizig'i shundaki, uchala mag'lubiyatda ham 0:2 hisobi qayd etilgan.

"Dinamo" qatorasiga 10ta o'yinda gol ura olmagandi, ammo hartugul 24-turda "Olmaliq"qa to'p kiritib, 1:0 hisobida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Lekin jamoa shundan keyin "Nasaf" maydoniga safar uyushtirib, 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi. 

Fakt: "Dinamo" shu paytgacha safarda uch marta g'alaba qozongan va uchala g'alabani ham birinchi davrada qo'lga kiritgan. Jamoa safarda "Metallurg", "Paxtakor" va "Neftchi" klublaridan ustun kelgan. 

O'yinni kim boshqaradi? Oliy ligada qolish uchun kurashadigan jamoalarning o'zaro bahsi Hasan Ro'zievga ishonib topshirildi. Bu Ro'zievning Navoiyga uchinchi safari bo'ladi. 

"Qizilqum" bungacha Hasan Ro'ziev boshqargan ikita o'yinda ikki xil natija qayd etgan. Darvoqe, ushbu hakam "Dinamo" ishtirokidagi ikkita safar uchrashuvida hakamlik qilgan. "Dinamo" bitta mag'lubiyat va bitta durang qayd etishdan tashqari ikkala bellashuvda ham gol ura olmagan. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика