So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

Bugun futbol. "Paxtakor" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Bugun futbol. "Paxtakor" - "So'g'diyona"

Teglar :  So'g'diyonaPaxtakor
Bugun oliy liganing 12-tur bahslariga start beriladi. "Paxtakor" o'z maydonida "So'g'diyona" bilan kuch sinashadi. O'yin 19:00da boshlanadi.

19:00 - Paxtakor (Toshkent) – So'g'diyona (Jizzax)
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), A. Burov (Buxoro), R. Abduvohidov (Qarshi).
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.


O'yindan nima kutyapmiz? Ikkala jamoa ham turnir jadvalida ketma-ket o'rinlarni egallab turibdi. "Paxtakor" hisobida 15 ochko bor va 9-o'rinda ketyapti. "So'g'diyona" esa 14 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda. Albatta, bugun "Paxtakor" o'z maydonida o'ynaydi va tabiiyki imkoniyat borasida ko'proq foizga ega. Xo'sh, "So'g'diyona" safarda "Paxtakor" bilan qanday o'ynaydi, poytaxt klubiga jiddiy qarshilik ko'rsata oladimi? Buni albatta o'yin davomida bilib olamiz.

Fakt: "Paxtakor" o'z maydonidagi 6ta o'yinning to'rttasini g'alaba bilan yakunladi. Ikki bor mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, hali durang o'ynamagan. To'plar nisbati 8-5. "Paxtakor" uy o'yinlarida 12 ochkoni qo'lga kiritgan.

Bilasizmi? "Paxtakor" qatorasiga to'rtta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti. Jamoa ikki bor g'alaba qozonib, ikki marta durang o'ynadi.

Fakt: Bugun "So'g'diyona" safarda ettinchi o'yinini o'tkazadi. Jizzaxliklar avvalgi bahslarning ikkitasida durang o'ynab, 4 marta mag'lub bo'lishgan. To'plar nisbati 4-14.

Bilasizmi?
"So'g'diyona" safarda hali g'alaba qozonmagan. Jamoa atigi ikki marta ("Qizilqum", "Dinamo" bilan o'yinlarda) durang qayd etgan xolos.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика