So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Bugun futbol. "Paxtakor" o'zini Kubokdan chiqib ketishga majbur qilgan "Nasaf"ni qabul qiladi Yangiliklar

Bugun futbol. "Paxtakor" o'zini Kubokdan chiqib ketishga majbur qilgan "Nasaf"ni qabul qiladi

Bugun oliy liganing 14-tur bahslariga start beriladi. Muxlislar Toshkentda "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi guvohi bo'lishadi.

"Paxtakor" O'zbekiston Kubogi bahslarini "Nasaf" tufayli tark etdi. "Nasaf" birinchi o'yinni "Paxtakor" stadionida 3:0 hisobida o'z foydasiga hal qilgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Endi jamoalar oliy liga o'yinida bir-birlarini sinovdan o'tkazishadi. 

Ikkala jamoa ham mavsumni ikki xil o'tkazmoqda. "Nasaf" 23 ochko bilan 2-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Paxtakor" 18 ochko to'plagan va 8-o'rinni egallab turibdi. 


"Paxtakor" hozircha o'z maydonida beshta g'alabaga erishgan va ikki bor mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 11-7. Jamoa hali durang o'ynamagan. "Paxtakor" uy bellashuvlarida 15 ochkoni qo'lga kiritgan. 

Bilasizmi? "Paxtakor" o'z maydonidagi oxirgi uch uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi. Poytaxtliklar "Navbahor", "Buxoro" va "So'g'diyona"dan ustun kelishdi. Qizig'i "Paxtakor" shu o'yinlarda avvaliga bitta, keyin ikkita, uchinchisida uchta gol urdi. 

"Nasaf" hozircha safarda ettita o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, shundan ikkitasida g'olib chiqqan. Berdiev shogirdlari safarda "Qo'qon-1912" va "SHo'rtan"dan ustun kelishgan. SHuningdek, ikkita o'yinda durang va uch marta mag'lubiyat qayd etilgan. 

Bilasizmi? "Nasaf" ketma-ket besh o'yindan beri safarda g'olib chiqa olmayotgandi, biroq o'tgan turda jamoa "SHo'rtan"ni mag'lub etib qaytdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика