So’nggi yangiliklar

07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  1 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  10 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  14 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0

Bugun futbol! “Neftchi” – “Olmaliq” Yangiliklar

Bugun futbol! “Neftchi” – “Olmaliq”

Teglar :  NeftchiOlmaliq
Bugun Oliy ligamizning 8-tur o'yinlari davom ettiriladi.

Tur doirasida Farg'onada “Neftchi” Toshkent viloyatining “Olmaliq” klubini qabul qiladi. O'tgan turda muvaffaqiyat nashidasini surgan “Neftchi” bu safar o'z muxlislari qarshisida navbatdagi g'alaba uchun o'ynashi tayin, “Olmaliq” esa  so'nggi turda uyda yo'qotilgan 2 ochkoni bugun Farg'onada to'ldirishga intiladi. Umuman olganda “Istiqlol” stadionida muxlislarni qiziqarli raqobat kutmoqda.

Hisob bo'yicha bu o'yin “Neftchi” va  “Olmaliq” jamoalarining o'zaro 19-uchrashuvi sanaladi. Bugun kungacha jamoalar 18-marta bir-birlariga qarshi maydonda saf tortishgan. Ushbu o'yinlardan 10 tasida farg'onaliklar g'olib bo'lishgan. 3ta o'yin durang hisobida yakunlangan, “Olmaliq” hisobida 5ta g'alaba mavjud.

 

“Neftchi” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Olmaliq” darvozasiga 35ta to'p kiritgan, Toshkent viloyati klubi esa “Neftchi” darvozasiga 20 ta gol urgan. “Olmaliq”  o'zaro o'yinlarda 18 ochko ishlab olgan bo'lsa, “Neftchi” 33 ochkoni qo'lga kiritgan. “Neftchi”ning oliy ligada “Olmaliq” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 4:0 ni tashkil qiladi. “Olmaliq”ning yirik g'alabasi esa 3:0.

Neftchi (Farg'ona) – Olmaliq (Olmaliq)
29 aprel 2017. Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 17:00
Hakamlar
: A. Asimov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), A. Lupashko (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Barcha futbol muxlislarini mazkur bahsga chorlab qolamiz!

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика