So’nggi yangiliklar

15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  1 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  1 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1

Bugun futbol. "Navbahor" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Navbahor" - "Paxtakor"

Bugun Superliganing 5-tur bahslariga start beriladi.

Namanganda "Navbahor" "Paxtakor"ga qarshi bahs olib boradi. Aytish mumkinki, bu turning markaziy o'yinlaridan biri. Turnir jadvalida "Paxtakor" 12 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Jamoa 4ta o'yinning hammasida g'alaba qozongan. 

"Navbahor" esa 4 uchrashuvdan so'ng 4 ochko jamg'argan holda 8-o'rinni egallab turibdi. Hozirgacha o'z maydonida ikkita uchrashuv o'tkazgan "Navbahor" bir mag'lubiyat va bir durang qayd etdi. "Lochinlar" ilk turda "So'g'diyona"ga imkoniyatni boy berib qo'ygach, No'mon Hasanov istefoga chiqarildi. Oxirgi uch turdan beri jamoaga Viktor Jalilov murabbiylik qilib kelayotganini juda yaxshi bilasiz. 

Viktor Romanovich qo'l ostida uchta o'yin o'tkazgan "Navbahor" safarda "Loko"ni mag'lub etib, o'z maydonida "Nasaf" bilan durang o'ynadi va o'tgan tur Olmaliqda AGMKga mag'lub bo'ldi. Ko'rinib turibdiki, namanganliklar yangi murabbiy boshchiligida faqat bir bellashuvda zafar quchishdi. 

"Paxtakor" esa aytib o'tganimizdek, to'rtta bahsning hammasida g'alabaga erishdi. Piter Xyuistra bosh murabbiy bo'lganidan keyin "Paxtakor" yangi murabbiyning o'yin uslubiga ko'nikishga harakat qilyapti. 

Albatta, bugun Markaziy stadionda hech bir jamoaga oson bo'lmaydi. Qizig'i shundaki, o'tgan tur AGMK "Navbahor" bilan o'ynab OCHLga jo'nab ketgandi, bu tur esa "Paxtakor" "Navbahor"ga qarshi bahsdan so'ng OCHL guruh bahslarini o'tkazish uchun SHarjaga yo'l oladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика