So’nggi yangiliklar

14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  0 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  3 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0

Bugun futbol. "Navbahor" - "Neftchi" Yangiliklar

Bugun futbol. "Navbahor" - "Neftchi"

Bugun bo'lib o'tadigan uchta o'yin bilan Superliga 9-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Muxlislar bugun Namanganda vodiy derbisi guvohi bo'lishadi. O'z oldiga chempionlik maqsadini qo'ygan "Navbahor" g'alabali odimini davom ettirish uchun "Neftchi"ga qarshi bahs olib boradi.

Musobaqa jadvalida "Navbahor" 8 o'yinda 16 ochko to'plab birinchi o'rinda bormoqda. To'plar nisbati 10-6. "Neftchi" esa 5 ochko to'plagan holda oxirgi o'rinni egallab turibdi. Farg'onaliklarda to'plar nisbati 4-11. Demak, bugun Namangandagi Markaziy stadionda peshqadam va autsayder o'rtasidangi "jang" guvohi bo'lamiz.

Bilasizmi? "Neftchi" qatorasiga 7ta o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Jamoa o'zining yagona g'alabasini ilk turda "Qo'qon-1912" ustidan qo'lga kiritgan. SHundan so'ng Ilhom Mo'minjonov shogirdlari ikki bor durang o'ynab, beshta uchrashuvda mag'lubiyatga uchrashdi. 

"Navbahor" o'z maydonida "So'g'diyona"ga imkoniyatni boy berib qo'yganidan so'ng ketma-ket uch o'yinda g'alaba qozondi. Namanganliklar oxirgi uch turda "Qizilqum", "Bunyodkor" va "Dinamo"ni mag'lub etishdi.

Bugungi bahsda "Navbahor"ning imkoniyatlari yuqori ko'rinmoqda. Birinchidan, jamoa o'z maydonida o'ynaydi, ikkinchidan "Navbahor" - turnir jadvali peshqadami va tarkibi ham kuchli. 

Lekin o'z navbatida "Neftchi" ham qarab turmasa kerak. CHunki farg'onaliklarga g'alaba suv va havodek zarur.

17 may, seshanba. 19:00

NAVBAHOR – NEFTCHI

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Sardor Nishonboev, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Qudrat Madraimov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика