Bugun futbol. "Navbahor" - "Bunyodkor"
27 may 2017 14:06
Yangiliklar
Bugun futbol. "Navbahor" - "Bunyodkor"
O'yindan nima kutyapmiz? Bu jamoalarning o'zaro to'qnashuvida kimning g'alaba qozonishini aytish qiyin. Lekin bahs juda qiziqarli kechishi kutilmoqda. Negaki ikkala jamoa ham oxirgi o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti.
Fakt: "Navbahor" uydagi o'yinlarda 12 ochko to'plagan. Jamoa uchta o'yinda g'alabaga erishgan bo'lsa, yana shuncha marta durang o'ynagan. To'plar nisbati 8-5. "Navbahor" o'z maydonida "Obod", "Mashal" va "SHo'rtan" klublaridan ustun kelgan.
Bilasizmi? "Navbahor" o'z maydonida hali mag'lub bo'lmagan to'rtta klubdan biri hisoblanadi. SHuningdek, "Lokomotiv", "Nasaf", "Olmaliq" klublari ham uyda yutqazmagan.
Fakt: "Navbahor" oxirgi uchta o'yinni durang natija bilan yakunladi. Jamoa oxirgi marta 22 aprel kuni "SHo'rtan"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan.
Fakt: Bu "Bunyodkor"ning ushbu mavsum hisobidan vodiyga ikkinchi safari bo'ladi. Birinchi safarda "Bunyodkor" "Neftchi"ni 2:1 hisobida mag'lub etib qaytgan. Qolaversa, mazkur g'alaba "Bunyodkor"ning safar o'yinlaridagi yagona g'alabasi bo'lib turibdi.
Bilasizmi? "Bunyodkor" Farg'onada g'alaba qozonib qaytganidan beri ketma-ket beshta uchrashuvda yuta olmadi. Jamoa uch bor durang o'ynagan bo'lsa, ikki marta mag'lub bo'ldi. Qolaversa, ikkala mag'lubiyat ham safardagi o'yinlarda ro'y berdi.
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar