So’nggi yangiliklar

21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:0 (матнли трансляция)  5 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  9 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13

Bugun futbol. “Nasaf” – “Olmaliq” Yangiliklar

Bugun futbol. “Nasaf” – “Olmaliq”

Teglar :  NasafOlmaliq
Bugun Qarshida katta futbl. “Nasaf” 20-tur doirasidagi uchrashuvni “Olmaliq” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv “Markaziy” stadionda soat 18:45da boshlanadi.

Bugungi uchrashuvni FIFA referisi Olim Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.

O'zPFL 20-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Olmaliq” (Olmaliq)
08.09.2017. “Markaziy” stadion. 18:45da
Bosh hakam:
Olim Tolibjonov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Nabiyjon Ro'zimov, Aleksandr Burov (Toshkent)
Zaxira hakami: Isxax Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent)
O'zPFL vakili: Aleksey Frolov.

Olim Tolibjonov jamoamizning bu yilgi chempionatdagi uchrashuvlarini hali boshqargan emas. Bugungi uchrashuv dastlabkisi bo'ladi.

SHu paytgacha mazkur jamoalar o'zaro 19 marta kuch sinashgan. SHundan o'nta bahsda “ajdarlar” zafar quchishgan, yana ettita o'yinda durang natija qayd etilgan. Ikkita o'yinda olmaliqlik futbolchilar o'z maydonida g'alabaga erishishgan. To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik “Nasaf” tarafida - 31:17.

Qarshida bo'lib o'tgan to'qqiz o'yindan ettitasida “Nasaf” g'alaba qozongan. Ikki uchrashuvda bir xil 2:2 durang hisobi qayd etilgan. Ko'rib turganingizdek, “Olmaliq” jamoasi hanuzgacha Qarshida g'alaba qozona olmagan. Qarshidagi so'nggi durang natija esa 2013 yili bo'lgan.

Qarshida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda mazkur jamoalar o'rtasida eng yirik 4:0 hisobi, 2010 yili qayd etilgan. Bu uchrashuvda Ilhom SHomurodov xet-trik muallifi bo'lgan. Kenja To'raev esa bitta gol kiritgan.

Birinchi davraning 5-turida bu jamoalar Olmaliqda o'zaro bahs yuritishgan. Unda “Olmaliq” jamoasi kichik 1:0 hisobida g'alaba qozonganini ham aytib o'tish joiz.

Bugun “Markaziy”da qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy uchrashuv bo'lishini oldindan taxmin qilish qiyin emas.

SHunday ekan qiziqarli uchrashuvni o'tkazib yubormang. “Markaziy”ga tashrif buyuring va yaxshi hordiq chiqaring.

Muxlislarga o'yin chiptalari stadion qoshidagi chiptaxonalarda sotilayotganini ham eslatib o'tamiz.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика