So’nggi yangiliklar

14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  1 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  7 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  6 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  9 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  4 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  28

Bugun futbol. "Metallurg" - "Nasaf" Yangiliklar

Bugun futbol. "Metallurg" - "Nasaf"

Bugun oliy liganing 12-tur uchrashuvlariga start beriladi. Turnir jadvalida oxirgi o'rinda borayotgan "Metallurg" o'z maydonida 2-o'rindagi "Nasaf"ni qabul qiladi. O'yin 17:45da boshlanadi.

O'yindan nima kutyapmiz? "Metallurg" uchun har bir uchrashuv finalga teng. Go'yoki har bir o'yin oxirgi umiddek bo'lib ko'rinmoqda. CHunki jamoa atigi ikkita g'alaba bilan oxirgi o'rinda boryapti. "Nasaf" esa chempionlikka harakat qilmoqda va bu jamoa ham ochko yo'qotishni xohlamaydi. "Metallurg" o'z maydonida "Nasaf"ga qarshi doim murosasiz bahs olib boradi. SHunday ekan, bugun ham Bekobodda sensaciya qayd etilsa ajab emas. 

Fakt: "Metallurg" uydagi o'yinlarda 7 ochko to'plagan: ikki g'alaba, bir durang va ikki mag'lubiyat. To'plar nisbati 8-7. 

Fakt: "Nasaf" shu paytgacha safarda ikkita o'yinni yutqazgan. Jamoa avvaliga "Olmaliq"qa, keyin "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy bergan. "Nasaf" safardagi oxirgi ikkita o'yinda durang o'ynadi. Agar bugun qarshiliklar zafar quchsa, bu "Nasaf"ning safardagi ikkinchi g'alabasi bo'ladi. Jamoa birinchi g'alabasini 1-turda "Qo'qon-1912" ustidan qo'lga kiritgan. 

Bilasizmi? "Nasaf" oxirgi beshta o'yindan beri mag'lubiyatga uchragani yo'q: uch g'alaba, ikki durang. To'plar nisbati 6-2. 

Bilasizmi? "Metallurg" hozircha ikkita o'yinda zafar quchgan va ikkala g'alaba ham uydagi o'yinlarda qo'lga kiritilgan: "SHo'rtan" va "So'g'diyona" ustidan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика