Bugun futbol. "Metallurg" - "Mashal"
12 avg 2017 14:25
Yangiliklar
Bugun futbol. "Metallurg" - "Mashal"
Oliy liga. 17-tur. 12 avgust
Metallurg (Bekobod) – Mashal (Muborak)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
PFL vakili: G. Rtveladze.
Turnir jadvalidagi o'rni: "Metallurg" 8-o'rinda (23 ochko), "Mashal" 10-o'rinda (21 ochko).
Jamoalar jadvalda bir-birlariga juda yaqin o'rinlarni egallab turishibdi. Agar "Mashal" g'alaba qozonsa, "Metallurg"dan o'zib ketadi. O'tgan turni ikkala jamoa ham ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. "Metallurg" safarda "Dinamo"ni 3:0 hisobida mag'lub etib qaytgan bo'lsa, "Mashal" Toshkentda "Lokomotiv" bilan 1:1 o'ynadi.
Bugungi bellashuvda "Metallurg" o'z maydonida o'ynaydi, shu bois ustunlik mezbonlar tomonida, ammo "Mashal" "Lokomotiv"ga qarshi o'yinini Bekobodda ham namoyish eta olsa, unda yana bir qiziqarli bahsga guvoh bo'lamiz.
Esingizdami? Muborakda kechgan birinchi davrada o'yinida "Mashal" o'z raqibini 1:0 hisobida mag'lub etgan. O'tgan yil Bekobodda bo'lib o'tgan o'yinda esa maydon egalari yirik 6:0 hisobida zafar quchishgan. Bu mag'lubiyat hali "Mashal"ning esidan chiqmagan bo'lsa kerak.
Fakt: "Metallurg" o'z maydonidagi bahslarda to'rt marta g'alaba qozonib, faqat ikki bor yutqazgan. SHuningdek, bir marta durang o'ynagan. To'plar nisbati 12-8. "Metallurg" uyda "Dinamo" va "Buxoro"ga yutqazib qo'ygan.
Bilasizmi? "Metallurg" Bekoboddagi oxirgi uch uchrashuvni faqat g'alaba bilan yakunladi. "So'g'diyona" - 3:1, "Nasaf" - 1:0, "Qizilqum" - 3:1.
Fakt: "Mashal" safar o'yinlarida hozircha faqat bir marta g'alaba qozongan. Muborak jamoasi 3-turda "SHo'rtan"ni 2:0 hisobida mag'lub etib qaytgan. Jamoa safardagi oxirgi ikki bahsni durang bilan tugatdi.
X.XoliqovO’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar