So’nggi yangiliklar

13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  0 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  2 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3

Bugun futbol. "Metallurg" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Metallurg" - "Lokomotiv"

Bugun Superliganing 2-bosqichidan o'rin olgan 23-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Amaldagi chempion Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ladi. Xabaringiz bor, 22-tur o'yinlaridan so'ng jamoalar oltitadan ikki guruhga bo'lindi. Bugun bo'lib o'tadigan "Metallurg" - "Lokomotiv" bahsi bilan birinchi oltitalik uchun 2-bosqich o'yinlari start oladi.

Ikkinchi bosqich oldidan "Lokomotiv" "oltin ochkolar" qoidasiga ko'ra 18 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. "Metallurg" esa 9 ochko to'plab 5-o'rinni egallab turibdi. Bugun "Metallurg" o'z maydonida joriy mavsum hisobidan "Lokomotiv"ga qarshi ikkinchi o'yinini o'tkazadi. Birinchi bellashuvda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchishgan.

Umuman olganda bu yil "Metallurg" "Loko"ga qarshi yaxshi harakat qilmoqda. CHunki jamoa Toshkentda 1:1 o'ynagan. Xullas "Loko" hozircha bekobodliklarni mag'lub eta olgani yo'q. "Metallurg" birinchi bosqichda o'z maydonida 11ta o'yin o'tkazib, shundan 6tasida zafar quchdi, 3 bor durang o'ynab 2 marta mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 13-11.

Bilasizmi? "Metallurg" oxirgi to'rtta o'yinning uchtasini g'alaba bilan yakunladi. Andrey SHipilov shogirdlari o'z uyida "Neftchi" va "Qizilqum" hamda safarda AGMKdan ustun kelgan.

"Lokomotiv" haqida to'xtaladigan bo'lsak, "temiryo'lchilar" oxirgi 9ta o'yindan beri mag'lub bo'lmay kelishmoqda. Jamoa oxirgi marta 13-turda aynan bugungi raqibi "Metallurg"ga imkoniyatni boy bergandi. Ko'ramiz, bugun "Loko"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga yana "Metallurg" chek qo'ya oladimi?

Safarda 11ta o'yin o'tkazgan "Lokomotiv" shundan beshtasida g'alabaga erishgan. Toshkentliklar ikki bor durang o'ynab, 4 marta yutqazib qo'yishgan. To'plar nisbati 14-11. "Loko" safardagi oxirgi g'alabasini 22-turda "Buxoro" ustidan 1:0 hisobida nishonlagan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика