So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  20 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  96 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Bugun futbol. "Mashal" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Bugun futbol. "Mashal" - "So'g'diyona"

Bugun bo'lib o'tadigan ikkita o'yin bilan oliy liganing 22-tur bahslariga start beriladi.


"Mashal" Muborakda "So'g'diyona"ni qabul qiladi.

Oliy liga, 22-tur. 16 sentyabr

MASH'AL - SO'G'DIYONA


Turnir jadvalidagi o'rni: "Mashal" 10-o'rinda (23 ochko), "So'g'diyona" 8-o'rinda (26 ochko).

Ochkolar orasidagi farq - 3 ochko.

Tarif: Atigi uch ochko farq bilan borayotgan jamoalar bahsi. Agar bugun "Mashal" zafar quchgudek bo'lsa, ochkolar bo'yicha "So'g'diyona"ga tenglashib oldi. Mabodo "So'g'diyona" g'alaba qozonsa, "Paxtakor" bilan bir xil o'ringa ko'tarilib oladi. SHunday ekan, Muborakda o'ziga yarasha qiziq bahs kechishi kutilmoqda.

Fakt: Bugun "Mashal" o'z maydonida 10-uchrashuvni o'tkazadi. SHu paytgacha bo'lib 9ta o'yindan beshtasini g'alaba bilan yakunlagan muborakliklar bir marta durang o'ynab, uchta bellashuvda yutqazib qo'yishgan. To'plar nisbati 15-9. "Mashal" o'z uyida 16 ochko to'plagan. "So'g'diyona" esa safarda hozircha 10 marta to'p tepib, faqat ikki marta g'alaba nashidasini surgan. Bir bor durang qayd etgan bo'lsa, 7ta bahsda mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 9-19.

Fakt: "Mashal" ikkinchi davrada hozircha faqat bir marta g'alaba qozondi. Jamoa safarda "Neftchi"dan ustun keldi. "So'g'diyona" esa uch bor zafar quchdi. Aytish mumkinki, jizzaxliklar oxirgi ikkita o'yinni g'alaba bilan yakunlashdi. Ammo jamoa safardagi ikkita bellashuvda mag'lub bo'ldi.

Eslatma: Jizzaxda kechgan birinchi davra uchrashuvida "So'g'diyona" 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Kecha o'tkazilgan Yoshlar ligasi bahsida esa maydon egalari 2:1 hisobida g'olib bo'lishdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика