So’nggi yangiliklar

14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  0 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  1 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  1 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  7 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  5 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  6 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Nasaf" Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Nasaf"

Bugun Superliganing 17-tur bahslariga start beriladi. "Lokomotiv" o'z maydonida "Nasaf"ni qabul qiladi.

Soat 21:00da boshlanadigan bellashuv o'ziga yarasha qiziq kechishi kutilmoqda. Turnir jadvalida "Lokomotiv" 28 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi, "Nasaf" hisobida esa 20 ochko mavjud va bu jamoa 7-o'rinda bormoqda.

"Lokomotiv" shu paytgacha bo'lib o'tgan 16ta o'yinning teng yarmida g'alabaga erishdi. "Nasaf" esa hozircha faqat to'rtta bahsda g'alaba qozongan. "Loko" oxirgi paytlarda ancha o'ziga kelib oldi va oxirgi uchta o'yinni g'alaba bilan yakunladi. Agar statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, "Lokomotiv" o'z maydonidagi bellashuvlarda hali mag'lub bo'lmagan. Jamoa to'rt marta g'alaba qozonib, yana shuncha durang o'ynadi.

Qarshining "Nasaf" klubi oxirgi paytlarda g'alaba nashidasini sura olmayapti. Jamoa oxtirgi beshta o'yindan faqat bittasida zafar quchdi va uch marta durang o'ynadi. "Nasaf" o'z maydonida "Neftchi"ni mag'lub etganidan beri keyingi bellashuvlarda g'alaba qozona olmadi.

Fakt: "Nasaf" bu yilgi mavsumda safarda 8ta o'yinda maydonga tushib shundan faqat bittasida uch ochkoli bo'lgan. Jamoa 3-turda "Qizilqum"ni 2:1 hisobida mag'lub etib qaytgan. Qolaversa, "Nasaf" safarda kam gol urgan (5ta) jamoalardan biri bo'lib turibdi.

Bugungi qarama-qarshilikda imkoniyatlar qanday? Albatta, ustunlik ko'proq "Loko" tomonida. Qarshida bo'lib o'tgan bellashuvda "Nasaf" 2:1 hisobida "temiryo'lchilar"dan ustun kelgandi. Ammo poytaxtdagi bahsda omad maydon egalariga kulib boqishi kutilmoqda.

Reyting: -28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика