So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Al Taavon" Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Al Taavon"

Teglar :  Al TaavonLokomotiv
Bugun "Lokomotiv" o'z maydonida Osiyo chempionlar ligasi 5-tur uchrashuvini o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" bugun Saudiya Arabistonining "Al Taavon" klubiga qarshi bahs olib borishadi. O'yin 17:00da boshlanadi.

Osiyo chempionlar ligasi-2017
"A" guruhi. 5-tur
LOKOMOTIV - AL TAAVON
Bosh hakam:
Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim (Qatar)
Qanot hakamlari: Tolib Salim Al Marri (Qatar), Saud Ahmad Almaqaleh (Qatar)
Zaxira hakami: Saud Ali Al Adba (Qatar)
Nazoratchi: Ali Hamad Al Badvavi (BAA)
Komissar: Richard Del Fonso (Filippin)



- Osiyo chempionlar ligasida "Al Taavon" bu yil birinchi marta ishtirok etmoqda. Bu jamoa 1-turni o'z maydonida "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

- "Lokomotiv" esa o'z tarixida ketma-ket uchinchi marta OCHL guruh o'yinlarida qatnashmoqda. Jamoa o'tgan yil guruhdan chiqib, chorak finalga qadar etib borgan.

- "Lokomotiv" avvalgi turda Eronning "Istiqlol" klubi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. "Al Taavon" esa BAAning "Al Ahli" klubiga 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi.

- Ayni paytda ikkala jamoa 4 ochkodan jamg'argan holda 3-4 o'rinlarni egallab turishibdi. Ikkala jamoada ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qolgan.

- "Lokomotiv" bunga qadar o'z maydonida uch marta Saudiya Arabistoni klublariga qarshi bahs olib borgan. 2015 yilgi musobaqada jamoa "Al Hilol"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan, o'tgan yil esa "Al Ittihod" bilan durang qayd etib, nimchorak finalda "Al Hilol"ni mag'lub etgan - 2:1.

- "Lokomotiv" bu yil hozircha OCHLda uchta gol urdi. SHu gollardan ikkitasi Marat Bikmaevga tegishli va bitta gol Salamat Qutiboevga nasib etgan.

- "Loko" futbolchilaridan Kaxi Maxaradze, SHerzod Fayziev va Muhammad Kone hisobida bittadan sariq kartochka bor.

- "Al Taavon" ham xuddi "Lokomotiv" singari bir g'alaba va bir durang qayd etdi. SHuningdek, ikkita bellashuvda mag'lub bo'ldi. Jamoa to'rtta o'yinda ikkita gol urib, o'z darvozasidan 6ta to'p o'tkazib yubordi.

- Mart oyida bu jamoada bosh murabbiy o'zgardi: ruminiyalik Konstantin Galsa o'rnini portugaliyalik Joze Manuel Gomesh egalladi. Yangi murabbiy qo'l ostida "Al Taavon" hali g'alaba qozongani yo'q.

- "Al Taavon" futbolchilaridan Talal Al Absi, Rikardo Machado, Naif Musa, Madallah Olayan, Mahmud Muaaz va Lukas Sanmartin hisobida bittadan sariq kartochka bor.

- Bu "Al Taavon" klubining ilk bor O'zbekistonga tashrifi. Jamoa bungacha o'zbek klublari bilan o'ynamagan.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика