So’nggi yangiliklar

16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  1 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1

Bugun futbol. "Lokomotiv" - AGMK Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - AGMK

Bugun Superliganing 4-turidan o'rin olgan oxirgi uchta o'yin bo'lib o'tadi.

"Lokomotiv" o'z maydonida Olmaliq shahrining AGMK jamoasini qabul qiladi. TTYMI stadionida kechadigan bahs soat 16:30da boshlanadi. Bu uchrashuv "Lokomotiv"ning o'z maydonidagi uchinchi o'yini bo'ladi. Avvalgi ikki bellashuvda "temiryo'lchilar" g'alabaga erishishdi. "Loko" dastlab "Navbahor"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi va undan keyin "Andijon" 4:0 hisobida dog'da qoldirildi. Har ikkala uchrashuvda maydon egalari o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi. 

AGMK esa mavsumni durang bilan boshladi. Jamoa o'z maydonida 1-turda "Buxoro" bilan 0:0 o'ynadi. Keyingi turda "Qizilqum" mehmoni bo'lgan olmaliqliklar 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. SHundan so'ng AGMK yana maydonida to'p tepdi va raqib "Qo'qon-1912"ni 7:1 hisobida mag'lub etdi. 

Mana endi 4-turda ikkala jamoa o'zaro kuch sinashadi. Jamoalar O'zbekiston chempionati doirasida 20 marta to'qnash kelgan. Ustunlik "Lokomotiv" tomonida. "Lokomotiv" ortda qolgan 20ta o'yinning 13tasida g'alaba qozongan va to'rt bor mag'lubiyatga uchragan. Qolgan uch bellashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati ham "Loko" foydasiga 44-23. 

Toshkentda o'tkazilgan 10ta o'yinning 9tasida "temiryo'lchilar" zafar quchgan. Faqat bir uchrashuv durang natija bilan yakun topgan. Bu 2010 yil ro'y bergan va o'yin 0:0 hisobida tugagan. "Lokomotiv" o'z maydonida AGMKga umuman yutqazmagan.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика