So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Bugun futbol. "Dinamo" - "Navbahor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Dinamo" - "Navbahor"

Bugun Superliganing 6-tur bahslariga start beriladi.

Samarqandning "Dinamo" klubi o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida har ikki jamoa 7 ochko bilan yonma-yon o'rinlarni egallab turibdi. Bugun "Dinamo" o'z maydonida to'rtinchi uchrashuvini o'tkazadi. Davron Fayziev shogirdlari bungacha ikki bor g'alabaga erishib, bitta durang qayd etishdi. Jamoaning ikkita mag'lubiyati faqat safar o'yinlarida qayd etildi. 

Bilasizmi? "Dinamo" oxirgi ikkita uy uchrashuvini g'alaba bilan yakunladi. Jamoa "Metallurg" (2:1) va "So'g'diyona"dan (1:0) ustun keldi. 

Safarda bungacha bitta mag'lubiyat va bir g'alaba qayd etgan "Navbahor" bugun uchinchi o'yinini o'tkazadi. Qarshida "Nasaf"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytgan Kanchelskis shogirdlari o'tgan turda "Surxon" darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritishdi. Demak, "Navbahor" oxirgi ikki o'yinda o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. 

2017 yil. "Dinamo" - "Navbahor" 0:1

2015 yil. "Dinamo" - "Navbahor" 2:1 

2014 yil. "Dinamo" - "Navbahor" 2:0 

2013 yil. "Dinamo" - "Navbahor" 1:1 

2012 yil. "Dinamo" - "Navbahor" 2:0 

Samarqandda o'tkazilgan oxirgi beshta o'yinda "Navbahor" faqat bir marta g'alaba qozongan. Uchta o'yinda maydon egalarining qo'li baland kelgan va bir uchrashuv durang bilan yakun topgan. Oxirgi besh uchrashuvda "Dinamo" raqib darvozasiga 7ta gol urib, o'z darvozasidan 2ta to'p o'tkazib yuborgan. 

Bugungi bellashuvda imkoniyat "Navbahor"da ko'proqdek ko'rinmoqda. CHunki jamoa o'z tarkibini ancha shakllantirib oldi. SHuningdek, "Navbahor"da o'yin saviyasi ham birmuncha yuqori. Lekin "Dinamo" o'z uyida to'p tepadi, bu esa uchrashuv ancha jangovor kechishini anglatadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика