So’nggi yangiliklar

21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0

Bugun futbol. "Buxoro" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Bugun futbol. "Buxoro" - "So'g'diyona"

Bugun Buxoro shahrida bo'lib o'tadigan "Buxoro" - "So'g'diyona" bahsi bilan Oliy liganing 28-tur o'yinlariga yakun yasaladi.


Turnir jadvalidagi o'rni: "Buxoro" 4-o'rinda (52 ochko), "So'g'diyona" 10-o'rinda (34 ochko).

Ochkolar orasidagi farq: 18 ochko.

Tarif: CHempionatni kuchli uchtalikda yoki bo'lmasa to'rtinchi o'rinda tugatishga harakat qilayotgan "Buxoro" bu turda "So'g'diyona"ga qarshi bahs olib boradi. Agar bugun buxoroliklar zafar quchadigan bo'lishsa, o'zlari uchun to'rtinchi o'rinni naqd qilib qo'yishadi. CHunki keyingi ikki turda "Buxoro" yutqazgan, "Paxtakor" g'alaba qozongan taqdirda ham ochkolar orasidagi farq bitta bo'lib qoladi.

Mana shu bois ham "Buxoro" o'z maydonida g'alaba qozonishga harakat qilib ko'radi. "So'g'diyona" esa katta ehtimol bilan Oliy ligani yuqori o'ntalikda tugatadi. Har holda jamoa o'ninchi o'rindan pastga tushmasa kerak. Bugungi o'yinda jizzaxliklarni durang ham qoniqtiradi. Zero, ular "Buxoro" o'z uyida qanday kuchli futbol namoyish etishini juda yaxshi bilishadi.

Fakt: "Buxoro" jamoasi ikkinchi davrada o'zida o'tkazilgan beshta uchrashuvdan to'rttasini g'alaba bilan tugatdi va bir marta durang qayd etdi. Tarkib jihatdan yaxshi shakllangan Jamshid Saidov shogirdlari uyda har qaysi raqibga etarlicha boshog'riq tug'dira olishadi. Jamoa o'z maydonida ikki bor mag'lub bo'lgan: "Nasaf" va "Mashal"ga qarshi kechgan bahslarda.

Fakt: "So'g'diyona" esa asosan uy jamoasi hisoblanadi. Davron Fayziev shogirdlari hozircha ikkinchi davrada beshta bahsni safarda o'tkazib, shundan bittasida g'alaba qozonishdi. Bir marta durang qayd etilgan bo'lsa, uchta o'yinda "So'g'diyona" mag'lub bo'ldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика