So’nggi yangiliklar

17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  0 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  5 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Olmaliq" Yangiliklar

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Olmaliq"

Bugun bo'lib o'tadigan "Bunyodkor" - "Olmaliq" bahsi bilan oliy liganing 17-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Bugun kun tartibidan bitta o'yin o'rin olgan va bunda "Bunyodkor" Viktor Kumikov boshchiligidagi "Olmaliq"ni qabul qiladi. O'yin 19:30da boshlanadi. 

Oliy liga. 17-tur. 11 avgust

Bunyodkor (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq)

Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), H. SHodmonov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), R. Abduvohidov (Qarshi)

Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

PFL vakili: F. Magametov.

Turnir jadvalidagi o'rni: "Bunyodkor" 8-o'rinda (22 ochko), "Olmaliq" 4-o'rinda (25 ochko). 

Jamoalarni atigi uch ochko jaratib turibdi va "Bunyodkor" g'alaba qozonadigan bo'lsa, o'z hisobidagi ochkolarni "Olmaliq"nikiga tenglashtirib oladi. 

Bugun "Bunyodkor" stadionida qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda, negaki avvalgi turda ikkala jamoa ham durang o'ynadi. "Bunyodkor" safarda "So'g'diyona" bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan bo'lsa, "Olmaliq" o'z uyida "Buxoro"ni enga olmadi - 1:1. 

Fakt: Mirjalol Qosimov klubga qaytganidan beri "Bunyodkor" o'z maydonida mag'lub bo'lmadi. Jamoa "Qo'qon-1912", "Lokomotiv" va "Nasaf"ni mag'lub etgan bo'lsa, "Paxtakor" bilan durang o'ynadi. 

Bilasizmi? "Olmaliq" safar o'yinlarida hozircha 9 ochkoni qo'lga kiritgan. Kumikov jamoasi ikkita o'yinda g'alaba qozonib, uch marta durang o'ynagan va yana uchta uchrashuvda yutqazib qo'ygan. To'plar nisbati 6-11. "Olmaliq" safar bahslarida chempionatning boshida "Buxoro", "So'g'diyona" va "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy bergan. 

Fakt: "Olmaliq" oliy ligada 5-turdan boshlab ketma-ket 12 o'yinda yutqazmay kelmoqda: olti g'alaba, olti durang. 

Eslatib o'tamiz, Olmaliq shahrida kechgan birinchi davra uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgan. O'tgan yil Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda esa "Bunyodkor" o'z raqibini 4:2 hisobida mag'lub etgan. 

X.Xoliqov


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика