So’nggi yangiliklar

18:34"Монако" Погба билан шартномани муддатидан олдин бекор қилиш имкониятини кўриб чиқмоқда  0 18:06"Арсенал" собиқ устози "Реал"ни бошқариши мумкин  3 17:45Фарғона вилояти ҳокими кубоги. "ФарДУ" 5:1 ҳисобида ютди, "Қўқон-1912" U-21 мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 17:24"Ғазалкент" назорат учрашувида Қирғизистон клубини мағлуб этди  1 16:58Клаттенбург: "Дарвозабонни тўсиб қўйишга қарши янги қоида керак"  1 16:30Ҳаммаси 1-тур ҳақида  1 16:04"Сурхон" Россия жамоаси устидан иродали ғалабага эришди  5 15:35"Насаф" Бобир Абдихолиқовнинг голи эвазига Россия жамоасидан устун келди  3 15:17Испания терма жамоаси етакчисининг ЖЧ-2026да иштирок этиши сўроқ остида  1 14:56"Навбаҳор" Шимолий Македония жамоасини мағлуб этди  2 14:39Рўзимбой Аҳмедов: "Мавсум бошида исталган кучли рақиб билан ўйнаса бўлади"  2 14:15"Қўқон-1912" "Нефтчи" аъзосини ижарага олади  1 13:53"Реал" Португалия терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 13:26"Лестер" эгаси отаси хотираси учун клубни сотиш ниятида эмас  1 12:59Трубин ЕЧЛ тарихида фақат 4 нафар дарвозабонга насиб этган ютуқни қайд этди  16

Bugun futbol. "Al Ahli" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Al Ahli" - "Lokomotiv"

Teglar :  LokomotivAl Ahli
Bugun Osiyo chempionlar ligasining "A" guruhida ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi.

"Lokomotiv" safarda "Al Ahli" klubi mehmoni bo'lsa, Dohada "Al Taavon" "Istiqlol" bilan kuch sinashadi.

Guruhdagi vaziyatga to'xtaladigan bo'lsak, barcha to'rt jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Ayni paytda "Al Ahli" 8 ochko bilan birinchi, "Istiqlol" ham 8 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Gap shundaki, "Al Ahli" o'z maydonida "Istiqlol"ni mag'lub etgan, shu bois dubayliklar birinchi o'rinda borishmoqda.

Bugun bahs "Lokomotiv" uchun o'ta muhim ahamiyatga ega. CHunki g'alabagina "temiryo'lchilar"ni keyingi bosqichga olib chiqadi. Eslatib o'tamiz, Toshkentda kechgan bellashuvda "Loko" bu raqibini 2:0 hisobida mag'lub etgan. O'shanda Salamat Qutiboev bilan Marat Bikmaevning gollari uch ochkoni keltirgandi.


Uchrashuv haqida malumotlar:

- Dubayning "Al Ahli" klubi Osiyo chempionlar ligasida 7-marta ishtirok etmoqda. "Lokomotiv" esa ketma-ket uchinchi marta guruh bosqichida o'ynamoqda.

- Bugungi bellashuvda "Al Ahli"ni durang natija ham qoniqtiradi. "Loko"ga esa faqat g'alaba zarur.

- "Al Ahli" OCHLda o'z maydonidagi oxirgi 13 uchrashuvdan beri mag'lub bo'lgani yo'q. Bu jamoa so'nggi bor 2010 yil Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga 2:3 hisobida yutqazib qo'ygan. "Al Ahli" o'z maydonida bo'lib o'tgan oxirgi 13ta bellashuvda besh g'alaba va 8 durang qayd etgan.

- "Al Ahli" bungacha o'zbek klublari bilan Dubayda to'rt marta o'ynagan. 2002/2003 yilgi mavsum saralash bosqichi hamda 2009 yil guruh o'yinida ular "Paxtakor"ga 0:1 va 1:2 hisobi bilan mag'lub bo'lishgan. Bu jamoa 2005 yil "Neftchi"dan 3:0 hisobida ustun kelgan, 2015 yil esa "Nasaf" bilan 0:0 o'ynagan.

- Bugun "Al Ahli" tarkibida senegallik hujumchi Makete Diop maydonga tusha olmaydi. CHunki unda ikkita sariq kartochka bor. Bu jamoa BAA chempionati turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.

- "Lokomotiv" o'z maydonida o'tgan oxirgi ikki bellashuvda olti ochkoli bo'lishi mumkin edi. Biroq "temiryo'lchilar" so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib, har ikkala bahsni ham durang bilan yakunlashdi. "Lokomotiv" - "Istiqlol" 1:1, "Lokomotiv" - "Al Taavon" 4:4.

- "Lokomotiv" hozircha turnir jadvalida oxirgi o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida beshta o'yindan so'ng besh ochko bor. Aytib o'tganimizdek, "Loko" keyingi bosqichga chiqishi uchun bugun g'alaba qozonishi hamda "Al Taavon" "Istiqlol"ni mag'lub etmasligi talab etiladi.

- "Lokomotiv" shu paytgacha OCHL safar o'yinlarida 11 ta bahsda maydonga tushib, faqat bittasida g'alaba qozongan. Jamoa BAAdagi o'yinlarda 2013 yil "Al Nasr"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan. SHuningdek, o'tgan yil "Al Nasr" 1:1 va "Al Ayn" bilan 0:0 o'ynagan.

- Jamoa hujumchisi Marat Bikmaev o'zining 5ta goli bilan bu yilgi OCHL to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Birinchi o'rindagi Mehdi Taremi ("Persepolis") hisobida 6ta gol bor.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика