So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Bugun Franko Barezini o'ziga kumir deb bilgan Mustafo Belyalov 62 yoshga to'ldi Yangiliklar

Bugun Franko Barezini o'ziga kumir deb bilgan Mustafo Belyalov 62 yoshga to'ldi

Bugun, 4 iyun kuni "Paxtakor" jamoasi tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri, shonli klub tarkibida 183 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan tojik o'g'loni Mustafo Belyalov tavallud topgan kun.

Mustafo Belyalov 1957 yilning 4 iyun kuni Tojikistonning o'sha paytdagi Xo'jand viloyati CHkalovsk shahrida Osmon aka va Sariya ayalar oilasida dunyoga kelgan. O'n yoshidan futbol bilan professional darajada shug'ullana boshlagan. Birinchi murabbiyi Vladimir Burdindan CHkalovskdagi BO'SMda millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgangan. 1974-1978 yillarda Tojikiston davlat jismoniy tarbiya institutining futbol bo'limida tahsil olgan. 

Belyalov mashhur murabbiy Ishtvan Sekechning taklifi bilan Dushanbening "Pomir" klubida katta futboldagi shonli yo'lini boshlaydi. O'sha paytda u institutning ikkinchi bosqich talabasi edi. "Pomir" esa sobiq ittifoq chempionatining birinchi ligasida o'ynardi. Taqdirni qarangki, Mustafo ilk golini Ittifoq kubogining mintaqaviy uchrashuvida "Paxtakor" darvozasiga kiritgan. Uchrashuv dushanbeliklarning kichik (1:0) hisobdagi g'alabasi bilan yakunlangan. 1981 yili Sekech "Paxtakor" bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Tabiiyki, Sekech tarkibni kuchaytirish maqsadida o'zi yaqindan bilgan futbolchilarni "Paxtakor"ga chorlaydi. Ular orasida Mustafo Belyalov ham bor edi. 

Bugungi yubilyarimizning "Paxtakor" libosidagi ilk rasmiy o'yini 5 may kuni Toshkentda Moskvaning "Dinamo" klubiga qarshi bo'lib o'tgan. Uchrashuvda maydon egalari Andrey Yakubik va Igor Semenkoning gollari evaziga g'alaba (2:1) qozongan. Mehmonlarning yagona goliga keyinchalik murabbiylikda ham mashhurlikka erishgan Valeriy Gazzaev kiritgandi. Belyalov ikkinchi bo'lim boshlarida Nizom Nortojievning o'rnini egallagan. O'zi uchun "Paxtakor"dagi ilk mavsumida 19 ta o'yinda maydonga tushib, "Dinamo" (Moskva) va "SHaxtyor" (Doneck) klublari darvozasini ishg'ol qilgan. Himoyachi uchun bu yaxshi ko'rsatkich. 

Mustafo Belyalov sobiq ittifoq olimpiya terma jamoasi tarkibida 7 ta o'yin o'tkazgan. Viktor Salkov boshchiligidagi olimpiyachilar safida Viktor CHanov, Igor Belanov, Valeriy Gazzaev, Igor Lorionov, Fyodor CHerenkov singari mashhur futbolchilar o'ynardi. Mustafo 1984 yilning oxirigacha "Paxtakor" sharafini himoya qilgan. 1985 yilgi mavsumni esa Ozarbayjonning "Neftchi" jamoasida boshlagan. U uch yil davomida Boku shahrining bosh jamoasida o'ynagan. 1988 yilda afsonaviy Birodar Abduraimov "Paxtakor"ga bosh murabbiy etib tayinlangach, Belyalov yana Toshkentga qaytgan. 

Belyalov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylikda o'zini sinab ko'radi. U Buxoroning "Nurafshon" jamoasiga ustozlik qildi. Uning qo'l ostida jamoa 1995 yilgi chempionatdagi eng yuqori o'rni - 5-pog'onadan joy olgan. Belyalov italiyalik futbol afsonasi Franko Barezini o'ziga kumir deb bilgan. 

Mustafo Belyalov oilali, uch farzandning otasi. Mustafo va Elmasxonimlarning nikoh to'ylari 1984 yilning 20 iyul kuni bo'lib o'tgan. Ular Elvina, Rustam va Arslon ismli farzandlarni voyaga etkazishdi. Bugungi kunda Belyalov Toshkentda istiqomat qiladi va qurilish mollari ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика