Bugun final oldidan matbuot anjumani va rasmiy mashg'ulot bo'lib o'tadi
03 dek 2017 12:45
Yangiliklar
Bugun final oldidan matbuot anjumani va rasmiy mashg'ulot bo'lib o'tadi
Xabaringiz bor, 4 dekabr kuni soat 15:00da "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Finalda mamlakatimizning amaldagi chempioni va kubogi sohibi - "Lokomotiv" “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib boradi.
Bugun uchrashuv oldidan “Bunyodkor” stadionining anjumanlar zalida har ikki jamoa bosh murabbiylari va etakchi futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi. Soat 15:00da jurnalistlar savollariga “Bunyodkor” bosh murabbiyi va jamoa etakchisi javob berishadi. Soat 15:30da jurnalistlarning savollariga Andrey Miklyaev hamda Timur Kapadze javob berishadi.
Soat 16:00da esa "Lokomotiv" jamoasi final o'tadigan stadionda o'yinoldi rasmiy mashg'uloti o'tkazadi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar