Bugun Farruh Sayfiev maydonga tushmaydi
06 iyu 16:35
Yangiliklar
Bugun Farruh Sayfiev maydonga tushmaydi
O'zbekiston terma jamoasi va "Navbahor" klubi chap qanot himoyachisi Farruh Sayfiev ikkita sariq kartochka olgani bois diskvalifikaciyaga uchragan.
Uning o'rniga chap qanotda SHerzod Nasrullaev harakat qilishi kutilmoqda.
Takidlash joiz, Husniddin Aliqulov, Odiljon Hamrobekov va Jaloliddin Masharipov kabi futbolchilar hisobida bittadan sariq kartochka bor. Agar ular Turkmanistonga qarshi bahsda sariq kartochka olishsa, Eronga qarshi safar bahsida maydonga tusha olishmaydi.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 2-saralash bosqichi doirasidagi O'zbekiston – Turkmaniston uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida 19:30 da start oladi.
Fikrlar