So’nggi yangiliklar

09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  5 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  0 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  0 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  3 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2

Bugun Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi pley-off bosqichiga qura tashlanadi Yangiliklar

Bugun Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi pley-off bosqichiga qura tashlanadi

Bugun SHveycariyaning Non shahrida Evropa CHempionlar ligasi 1/8 finali va Evropa ligasi 1/16 finaliga qura tashlanadi.

Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Guruh g'oliblari ikkinchi o'rinni egallagan klublarga qarshi o'ynashadi. Bitta guruhdan chiqqan va bitta davlat sharafini himoya qilayotgan klublar bu bosqichda o'zaro to'qnash kelishmaydi.

Guruhda birinchi o'rinni olganlar: "Manchester Yunayted", PSJ, "Roma", "Barselona", "Liverpul", "Manchester Siti", "Beshiktosh", "Tottenxem".

Guruhda ikkinchi o'rinni olganlar: "Bazel", "Bavariya", "CHelsi", "Yuventus", "Sevilya", "SHaxtyor", "Portu", "Real".

1/8 finalning dastlabki uchrashuvlari 13-14 va 20-21 fevral kunlari, javob bahslari esa 6-7 va 13-14 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, bu mavsumda CHempionlar ligasi final uchrashuvi 26 may kuni Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida bo'lib o'tadi.


ECHL qurasi yakuniga etishi bilan Evropa ligasiga qura tashlash marosimi boshlanadi. Bitta guruhdan chiqqan va bitta davlat sharafini himoya qilayotgan klublar bu bosqichda o'zaro to'qnash kelishmaydi.

1-savatcha: «Milan», «Arsenal», «Atalanta», «Atletik», «Atletiko», «Braga», CSKA, «Dinamo», «Lacio», «Leypcig», «Lokomotiv», «Viktoriya» Plzen, «Zalcburg», «Sporting», «Vilyarreal», «Zenit».

2-savatcha: AEK, «Astana», «Seltik», «Crvena Zvezda», «Borussiya» Dortmund, «Styaua», «Kopengagen», «Ludogorec», «Lion», «Marsel», «Napoli», «Nicca», «Estersund», «Partizan», «Real Sosedad», «Spartak».

1/16 final o'yinlari 15 va 22 fevral kunlari bo'lib o'tadi. 

Eslatib o'tamiz, bu mavsumda Evropa ligasi final uchrashuvi 16 may kuni Lion shahridagi "Stad-de-Lion" stadionida bo'lib o'tadi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика