So’nggi yangiliklar

08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  4 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  4 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1

Bugun Ektor Kuperning tug'ilgan kuni Yangiliklar

Bugun Ektor Kuperning tug'ilgan kuni

Teglar :  Ektor Kuper
Bugun O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuperning tug'ilgan kuni. U 64 yoshni qarshiladi.

Salkam bir yil davomida bu mutaxassis bilan birga ishlab uning ko'plab professional va insoniy jihatlariga tan berdim.

Kuper har doim futbolchilar bilan bir xil sharoitda bo'lishni istardi. O'zi uchun alohida imtiyoz va qulayliklar yaratishni so'ramagan. Safardagi o'yinlarga uchganimizda, hamisha samolyotning ekonom klassida futbolchilar bilan birga o'tirardi. Hech qachon bizness klassdan chipta olib berishni talab qilmagan (Xorijiy murabbiy u yoqda tursin, mahalliy murabbiylarimiz orasida ham safardagi o'yinlarga biznes klassda uchmaydigan murabbiyni bilmayman).

Toshkentda O'FA tomonidan taqdim qilingan uyda bir o'zi yashar, xizmatkordan voz kechgandi. Barcha uy ishlarini o'zi qilardi. Uyda-ku mayli, mashg'ulotlarda ham bazan fishka va nakidkalarni tashib yurganiga guvoh bo'lganman. Bunday ishlarni bajarishdan or qilmasdi. Tabiiy qabul qilardi.



Terma jamoa delegaciyasidagi barcha bilan birdek munosabatda bo'lardi. Birovning ishiga aralashmas, hammaga xo'jayinchilik qilishni yoqtirmasdi. Osiyo Kubogida matbuot anjumaniga qaysi futbolchini olib borish haqida so'raganimda: "Sen matbuot kotibisan. Buni hal qilish sening vakolatingga kiradi. Istalgan futbolchini aytsang, men birga olib boraman", - deb aytgandi.)

Boshqa millat, boshqa dindagi odam bo'lishiga qaramay, O'FA va terma jamoada ishlaydigan insonlarning to'y va marakasiga borish uchun albatta vaqt topardi. To'y bo'lsa, samimiy tabriklab, aza paytda ko'ngil so'rab turardi. O'zbekchasiga aytganda, oqibatli inson edi.

Feliz cumpleaños, Mister!


Yoqubjon Bobojonovning feysbukdagi sahifasidan olindi

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика