So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  8 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  3 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Bugun derbi. O'yinni kim boshqarishini bilasizmi? Yangiliklar

Bugun derbi. O'yinni kim boshqarishini bilasizmi?

Teglar :  BunyodkorPaxtakor
Bugun "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi, bir so'z bilan aytganda, Toshkent derbisi.

Bu o'yin jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan qatiy nazar qiziq kechishi kutilmoqda. Aytgancha, uchrashuv 19:00da start oladi. 

Bugungi bahsni toshkentlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakamdan tortib qanot hakamlari-yu, hakamlar nazoratchisiga toshkentlik. 

Bugun bosh hakam rolida Hasan Ro'ziev. Bu hakam faoliyati davomida shu paytgacha oliy ligada 82ta o'yinni boshqargan. Poytaxt derbisi esa uning 83-o'yini bo'ladi. 

Hasan Ro'ziev shu vaqtga qadar bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" bahsida ishlmagan. Bu degani u birinchi bor "Bunyodkor"ning o'z maydonida "Paxtakor"ga qarshi bahsini boshqaradi. 

Bugun biz "Bunyodkor" stadionida 11-derbiga guvoh bo'lamiz. Avvalgi o'nta uchrashuvning ettitasini Ravshan Ermatov boshqargan. SHuningdek, Aleksandr Petrov, Marat Ismoilov hamda SHerzod Qosimovlar bittadan o'yinda ishlashgan. SHunday ekan, bugun poytaxt derbisini boshqargan hakamlar soni yana bittaga ko'payadi. 

Bilasizmi? Hasan Ro'ziev shu paytgacha "Paxtakor"ning safardagi birortayam o'yinini boshqarmagan. Demak, bu ham o'ziga yarasha yangilik bo'ladi. Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, Ro'ziev "Bunyodkor"ning uy uchrashuvlarida atigi ikki marta ishlagan bo'lib, "Bunyodkor" birida g'alaba qozongan, birida durang o'ynagan. 

2013 yil Hasan Ro'ziev boshqargan "Bunyodkor" - "Buxoro" bahsi 4:0 hisobida yakun topgan bo'lsa, 2014 yilgi "Bunyodkor" - "Lokomotiv" qarama-qarshiligi 1:1 tugagan. 

Aytib o'tganimizdek, Ro'zievning hakamlik faoliyatida bugun ikkita yangilik bo'ladi. Birinchisi, Toshkent derbisi maqomiga ega "Bunyodkor" - "Paxtakor" bahsini birinchi marta boshqaradi, qolaversa "Paxtakor"ning safardagi o'yinida ilk marta ishlaydi. 

X.Xoliqov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика