So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Bugun dahshatli bahs. MYUning yangilangan himoyasi Azarsiz "CHelsi"ga qarshi o'ynaydi Yangiliklar

Bugun dahshatli bahs. MYUning yangilangan himoyasi Azarsiz "CHelsi"ga qarshi o'ynaydi

APLning birorta turida muxlislar zerikib qolishmaydi. Markaziy o'yin bo'lmaydigan kunlarda sensacion natijalar tufayli muxlislar etiboridan tushmay kelaveradi.

Bugun esa turning markaziy o'yini bor. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "CHelsi"ga qarshi o'ynaydi.

«MANCHESTER YUNAYTED» - «CHELSI»
Stadion «Old Trafford», Manchester.
Premer Liga, 1-tur.
Yakshanba 11 avgust 2019 yil
O'yinning boshlanish vaqti: 16:30 (Manchester) - (20:30 Toshkent).

TARKIBLAR HOLATI

«Manchester Yunayted»

Himoyachi Xarri Maguayr "Lester"dan o'tganidan keyin yangi jamoasidagi debyutini amalga oshirishi mumkin. SHuningdek, "Yunayted"ning yana ikki yangi futbolchisi Aaron Uan-Bissaka va Daniel Jeyms ham ushbu bahsga tayyor turishibdi. "Milan"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan Pol Pogbaning ham sog'lig'i joyida. U keyinchalik "Blekbern"ga qarshi yopiq o'yinda qatnashdi. Faqatgina Aleksis Sanchesning o'yinda qatnashishi so'roq ostida. U Amerika Kubogi doirasida CHili termasi tarkibida jarohatlangandi.

Diskvalifikaciya: Yo'q

Jarohatlanganlar: Bayi, Fosu-Mensa.

So'roq ostida: Sanches.

«CHelsi»

Mavsumoldi yig'inlarida jarohatlangan Ngolo Kantening o'yinda qatnashishi hozircha aniq emas. Ruben Loftus-CHik, Antonio Ryudiger va Kallum Xadson-Odoi kabi futbolchilar esa jarohatini davolash bilan band. Ularning o'yinda qatnashmasligi aniq.

Diskvalifikaciya: Yo'q.

Jarohatlanganlar: Xodson-Odoi, Loftus-CHik, Ryudiger, van Ginkel, Jeyms.

So'roq ostida: Villian, Kante.

O'YINOLDI MA'LUMOTLAR

«Manchester Yunayted» (G'-G'-D-D-G')

O'tgan mavsumda: 66 ochko, 6-o'rin

"Manchester Yunayted" "Old Trafford"da o'tgan so'nggi 65 o'yinda faqatgina 6 (3tasi "Manchester Siti") marta mag'lub bo'lgan.

"Qizil iblislar" APLdagi so'nggi 5 o'yinda (2 durang, 3 mag'lubiyat) g'alabaga erisha olishmadi.

Agarda bugun ham Sulsher jamoasi ketma-ket to'rtinchi o'yinda ham o'z maydonida g'alaba qozona olmasa, klub rekordi takrorlangan bo'ladi.

Agarda jamoa bugun zafar quchsa, ketma-ket beshinchi mavsum g'alaba bilan boshlanadi. Bunday holat 1910 yildan buyon takrorlanganicha yo'q.

"Yunayted" o'tgan mavsumda o'z maydonida faqatgina ikki o'yinni "quruq" o'tkaza oldi ("Liverpul" va "Kristal Pelas"). Bu 1962/63 yilgi mavsumdan buyon qayd etilgan eng yomon natijadir.

MYU o'tgan mavsumda APLda 54 gol o'tkazib yubordi. Bu jamoaning 1978/79 yilgi (63 gol) mavsumidan keyin qayd etgan eng yomon natijasidir.

Umumiy hisoblaganda, "Manchester Yunayted" o'z tarixida ilk marta ketma-ket 15 o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olmadi.

«CHelsi» (D-M-D-D-M)

O'tgan mavsumda: 72 ochko, 3-o'rin

"CHelsi" o'tgan mavsumda barcha turnirlarda so'nggi 13 o'yinining faqatgina bittasida mag'lub bo'ldi ("Liverpul"ga qarshi 2:0),

Umumiy hisoblanganda, "aristokratlar" safarda o'tgan so'nggi 9 bahsning 2tasida g'alabaga erishishdi, holos. (2 durang, 5 mag'lubiyat).

"CHelsi" 11 yildan buyon APLning birinchi turi yakshanba kuni bo'lganida umuman mag'lub bo'lishmadi.

"CHelsi"ning shu holatdagi mag'lubiyati 2007 yilda Avraam Grant boshchiligida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda qayd etilgan, 0:2.

"CHelsi" o'tgan mavsumda kuchli oltilik jamoalaridan umumiy 14 gol o'tkazib yubordi.

Frenk Lempard futbolchi sifatida APL doirasida Ole-Gunnar Sulsherga qarshi 9 o'yinda qatnashib, 1 martagina g'alabaga erishgan.

O'ZARO O'YINLAR

Tomonlar barcha turnirlarda o'zaro 183 o'yinda qatnashishgan. "Yunayted" 75, "CHelsi" 53 o'yinda g'alabaga erishgan. 55 uchrashuvda tomonlarning kuchi teng kelgan.

"Manchester Yunayted" o'z maydonida 1958 yildan buyon ilk marta birinchi turda "CHelsi"ga qarshi o'ynaydi. O'sha uchrashuvda "Yunayted" raqiblarini 5:2 hisobida mag'lub etgan.

Ole Gunnar Sulsher va Frenk Lempardning murabbiylik davridagi ilk o'zaro to'qnashuvidir.

"CHelsi" "qizil iblislar"ning noqulay raqibi hisoblanadi. Ular "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlarda mag'lubiyatdan ko'ra ko'proq g'alabaga erishgan APLning yagona jamoasi hisoblanadi - 18 g'alaba, 15 mag'lubiyat.

"Manchester Yunayted" APL doirasida "CHelsi"ga qarshi o'tgan so'nggi 13 o'yinning atigi 2tasida g'alabaga erishishdi (6 durang, 5 mag'lubiyat). Biroq ular o'z maydonida so'nggi 6 o'yinda mag'lub bo'lishmadi.

UCHRASHUV HAKAMLARI

BOSH HAKAM: Entoni Teylor (CHeshir).

QANOT HAKAMLARI: Gari Besuik, Adam Nunn.

ZAXIRA HAKAMI: Li Meyson.

VIDEO-ASSISTENT (VAR): Styuart Etvell.

VIDEO-ASSISTENT YORDAMCHISI: Stiven CHayld.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика