Bugun “CAFA U-16 championship” boshlanadi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2018, 09:10
Bugun Toshkentda “CAFA U-16 championship” musobaqasi start oladi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vice Prezidenti va Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilning 3-10 iyul kunlari poytahtimiz tarixda birinchi marta mintaqa chempionatiga mezbonlik qiladi.

16 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston, Tojikiston, Afg'oniston va Qirg'iziston terma jamoalari Toshkentdagi "Milliy" stadionida tashkil etilayotgan “CAFA U-16 championship” musobaqasida kuch sinashishadi.


“CAFA U-16 championship” musobaqasining guruh bosqich taqvimi:

05.07.2018 17:00 Afg'oniston – O'zbekiston (“Milliy” stadioni)
05.07.2018 20:00 Qirg'iziston – Tojikiston (“Milliy” stadioni)

07.07.2018 17:00 O'zbekiston – Qirg'iziston (“Milliy” stadioni)
07.07.2018 20:00 Tojikiston – Afg'oniston (“Milliy” stadioni)

09.07.2018 16:45 Tojikiston – O'zbekiston (“Lokomotiv” stadioni)
09.07.2018 20:30 Afg'oniston - Qirg'iziston (“Lokomotiv” stadioni)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia