So’nggi yangiliklar

00:20Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:1, Брунонинг ажойиб голи ҳисобга олинмади  0 00:15Стерлнинг "Ювентус"га ўтиши мумкин  0 23:45Дибала Саудиянинг учинчи клубидан ҳам таклиф олди, аммо...  0 23:21"Барселона" футболчиси "Ювентус"га йўл оладими?  0 22:53"Ливерпуль" ўз ўйинчисини 20+7,5 млн фунтга сотади  1 22:45Суперлига. "Насаф" - "Пахтакор" 1:0  3 22:22Виталий Левченко: "Тартибли футбол эвазига ғалабага эришдик"   2 22:06Вадим Абрамов: "Гол ўтказилганида хато бутун жамоаники бўлади"  2 22:00РПЛ. ЦСКА "Краснодар" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 21:59Суперлига. "Насаф" марказий ўйинда пенальтидан урилган гол эвазига "Пахтакор"ни мағлуб этди  91 21:40Суперлига. "Нефтчи" - "Динамо" 3:2  0 21:37РПЛ. "Оренбург" ва "Акрон" жанговар дуранг қайд этди, Эсанов эса...  1 21:08"Тоттенхэм" 55+10 млн фунтлик трансферни амалга оширди  0 21:00"Манчестер Сити" пенальтилар сериясида МЮни мағлуб этган ҳолда Англия Суперкубогини қўлга киритди  6 21:00Суперлига. Фарғонада 5 та гол урилган оқшомда "Нефтчи" "Динамо"дан устун келди  35

Bugun “CA” - 4 yoshda! “CHatxonadan – CHoyxonagacha”! (2-qism) Yangiliklar

Bugun “CA” - 4 yoshda! “CHatxonadan – CHoyxonagacha”! (2-qism)

Saytimizning eng faol va ijodga boy o'quvchilaridan biri “FK DAVR” erinmasdan sayt foydalanuvchilarining yozish uslubidan kelib chiqib, saytimizning 4 yoshi munosabati bilan “choyxona” uyushtirdi.
Futbol N1: Mana safimiz ham kengayyabdi. Endi bu erni chat qilmasdan boshqa choyxonaga o'taylik a?
Erkin Odilov: Qaysi choyxonaga? Televizori bormi ishqilib?

Mexanik: Erkin aka bor, LG plazma, Rossiyani sport1 kanaliyam bor. O'sha televizorni oldidan daxshat joydan zakaz qilib qo'yganman.
Erkin Odilov: Sizlarga o'zi bitta gapni gapiru qoch. Endi ming yil gapirasizlar shuni.

Nadirkhuja Yu: Men sizlarga ming marta aytdim chatni xorij taomlari pishiriladigan restoranlarda qilinglar o'zimizni choyxonalarni kuzatishadi deb. Assalomu alaykum qadrdonlar. Boringlarga shukr.
Vekzod Real_Madrid Fanat 1992-20??: Nodirxo'ja okamlarni o'zlariyam keldilar mana.

Nadirkhuja Yu: Biz adminlar xuv anavu so'rida boyadan beri sizlarni kuzatib o'tiribmiz. Lekin bu er sayt emas, bemalol davom etaveringlar. Hazillaringni eshitib o'tirib men ham hazil bilan kirgim keldi-da davranglarga.
Qazayaqli_Adilbay: Diktn dishtn, xau.

Erkin Odilov: Yopiray, bu qanaqa musiqa bo'ldi uka? Endi-i bizam o'ttiz beshi kam etmishdamiz,
bunaqa diktn-dishtnlaring to'g'ri kelmaydi bizga, Mamurjon aka, Komiljon akalardan bilmaysanmi?
Mexanik: Nurbek, xov Nurbekjon.
NurVEK: Labbay aka.

Mexanik: Nurbekni chaqirvoring.
NurVEK: Men-da Nurbek, o'zingizni ukangizni tanimay qoldingizmi?

Mexanik: I-ya, Nurbek o'zingmisan. Boya ko'k ko'ylak qizil shimda yuruvdingu, nega malla kastyum shim kiyib olding?
NurVEK: O'choq boshida KANIMEX akani latifalarini eshitib o'tiraveribman, kiyimimga cho'g' tegib yonib ketishiga sal qoldi.

Mexanik: Obbo, o'zingga xech narsa qilmadimi? Yaxshiyam kiyimlaring bilan kelibsan. Erkin akang alla eshit... e-e uzr qo'shiq eshitmoqchi ekan. Bir magnitofon topib maqom, suvoralardan qo'yib ber. Telefoningdan qo'yib bersang ham bo'laveradi.
Erkin Odilov: O'zimni telefonimdayam bor qo'shiq. Nurbek, Mexanik akang uchun Ozodbekni "O'n besh kun bo'ldi seni ko'rmaganimga" ashulasini qo'yib ber.

NurVEK: Ozodbekni qo'shiqlaridan boru o'shanisi yo'g'idi-da, boshqasi bo'lmaydimi?
Erkin Odilov: Yo'q, boshqasi bo'lmaydi. Internetdan skachat qilib ol, ketsa 4-5 mbing ketadi, pulini o'zim beraman.

NurVEK: Aka siz uchun qancha mb bo'lsayam ayamaymiz, lekin nega endi "O'n besh kun bo'ldi seni ko'rmaganimga" qo'shig'i ekaniga qiziqyabman.
Erkin Odilov: Sen bunaqa narsalarga tushunmaysan xali yoshsan, uylanmagansan. Mexanik akangni o'zi tushunvoladi buyog'ini.

bek maur: Xo'sh soat edi...
Muxiddin Xoliqov: Rotalla.
Vauern No1: Davr bo'lganida so'rovnoma o'tkazvorardi, qaysi qo'shiq ko'p ovoz olsa o'shani eshitardik.

fsnavbaxor.LV: Futbol haqidayam gaplashaylik. Keyingi yil oliy ligada 16ta jamoa o'ynarkan.
Maks Kokand: Ha, bizning Qo'qon-1912 jamoamiz ham oliy ligaga chiqdi.

Mexanik: -Jamoamiz oldiga kelajakda OCHLda qatnashish vazifasi qo'yilgan.
Tahlil_Tanqid: -Bizni "Lokomotiv"ni oldiga OCHLni yutish vazifasi qo'yilgan. Oliy ligani aniq yutamiz.
FS Rakhtakor: -"Paxtakor" bir chetda qarab turarkande-a?

Erkin Odilov: -Aniqrog'i Babayan qarab turmaydi deng.
SHavkat SHukurov: -Oldin hamma jamoalarni menedjerlari Babayanday ishlab qo'ysinchi.

Muxiddin Xoliqov: -Sizlarni bilmadimu lekin bizni "Nasaf"ni oldiga chempion bo'lmaslik va chempion bo'ladiganlarga xalaqit bermaslik vazifasi qo'yilgan.
Muzaffar G'affarov: -Bizni "Navbaxor"ni oldiga poytaxt jamoalarini yutmaslik vazifasi qo'yilgan.

-Man-UniteD-/10/: Maqsadinglar aniq ekan-u, yana xakamlarni ayblaysizlar.
Muzaffar G'affarov: -Telefon nomeringni ber, aloxida gaplashaylik.

Erkin Odilov: -Mana ro'parangda o'tiribdiku gaplashaver, telefon nomerini nima qilasan.
Muzaffar G'affarov: -Sizlar meni noto'g'ri tushunmanglar, men sizlarni bezovta qilmaslik uchun telefonda aloxida gaplashaylik deymanda.

Birodar Abduraimov: Muzaffarjon bu ishingiz yaxshi-yu, lekin kimlardir boshqacha tushunishadi-da.
Baxodir Saidov: Paxtakooor vperyoyoyod!

Muxiddin Xolikov: -Ana "Paxtakor"ni saytdagi muxlisi keldi. Keling Baxodir aka, bu erdagi gaplarni hammasi xazil, jiddiysi yo'k, tushunasizda endi.
Baxodir Saidov: -Bizam hazilni yaxshi tushunamiz. Faqat bazi yoshlar tushunishmaydi-da bizni hazillarni.

Vekzod_Real Madrid Fanat 1992-20??: -Baxodir aka unda "12-sektor"dagi gaplaringiz ham xazil ekanda. Ammo yomon boplagandingiz, to'ydan oldin to'yona qilgandingiz.
Baxodir Saidov: Menga Nodirxo'ja shunday-shunday deysiz, bo'lmasa blok qilaman dedi-da.

Vekzod_Real Madrid Fanat 1992-20??: -Oka, qovunga qo'shib qo'ltig'ingizdagi tarvuzizniyam tushurib qo'ydingizu. Nodirxo'ja okamlarni o'zlariyam shu erdalar, siz aybni unga yuklab suvdan quruq chiqmoqchimisiz.
Baxodir Saidov: - I-ya, Nodirjon shu erdamilar? Xaligi, nimaydi..., anavi boru.. Xa Muxiddin Xolikov aytdiyu bu gaplarni hammasi xazil, jiddiysi yo'q deb. Bizam bir xazillashdik-da.

Muxiddin Xoliqov: -Baxodir aka qaysi biri xazil, "12-sektor"dagi gaplarmi, yoki xozirgi gaplaringizmi?
Baxodir Saidov: -Unisiyam, bunisiyam. O'zingiz aytdingiz-u bu erda jiddiy gap yo'q deb.

WalveRine: -Kelinglar Evropa futbolidan ham gaplashaylik. Eshitdinglarmi, Ronaldu yaqinda bir to'yda xaligi shaytonni suvidan 50gram otvoganikan, sportchimasmi bunaqa narsalarni ichib yurmagan, shu yarim piyola narsani ko'tarolmay rosa yig'labdi, mendan 2 yosh kichik bola 4ta oltin to'p olganida men 2ta to'p bilan o'tib ketamanmi, deb.
Vekzod_Real Madrid Fanat 1992-20??: -Siz ham eshitdingizmi? Messi soliqlarni to'layman deb 2ta oltin to'piga qo'shib Blatter amakisi sovg'a qilgan to'plarniyam sotibdi. Sovrin, medallariniyam sotib kamiga futbolka, butsalarini aukcionga qo'ygan ekan kim oshdimas, kim tushdi bo'lib sotilibdi. Xozir esa Kataloniyani dexqon bozorida tilanchilik qilib yurganmish.

Birodar Abduraimov: -Ukalar nima keragi bor shunaqa gaplarni. Yana Baxodirjondan xafa bo'lasizlar "12-sektor"dagi gaplari uchun.
sharirov odil: O'sha Messi, Ronaldular manashu choyxonada biz bilan bir so'rida o'tirib, bir lagandan osh emaydiku, to'g'rimi?

SHavkat SHukurov: Messi, Ronaldular umuman futbol xaqida baxslashish, tortishish yaxshi-yu lekin futbol sabab bo'lib qolib bir-birimiz bilan urushish, kamsitish yaxshimasda.
Vekzod_Real Madrid Fanat 1992-20??: Ex-xe okajonlarimey, sizlar bizni rostdanam shunaqa deb o'ylaysizlarmi? Mana Baxodir okam aytdilaru, bizam xazilni tushunamizu, xozirgi yoshlar tushunmay qoladi bizni xazillarni, deb. Xuddi shunaqa biz yoshlarni xazilini siz kattalar ham tushunmay qolasizlar-ov. Unaqa narsalar boshqa saytlarda bo'lar-u lekin SAda bunaqa gap so'zlar bo'lmaydi. CHunki biz shunaqa tarbiya ko'rganmiz. Sizlardan o'rganganmizda akalar.

WalveRine: -Vekzod to'g'ri aytyabdi, biz xazil qilamiz xolos.
FK DAVR: -Assalomu alaykum do'st-u birodarlar, yaxshi keldingizlarmi?

Mexanik: -Mana Davrni o'zlariyam keldilar.
Erkin Odilov: -Ibi, shumi davr degani? Uka bu ko'rinishingdan tuppa tuzuk yigit ekansan-u. Qaerda yuruvding o'zi, shu paytgacha kelmaganingdan keyin endi keraging ham yo'q edi o'zi.

Muxiddin Xolikov: -Men saytga endi kirgan paytlarim fk davr degan bola birinchi bo'lib quchoq ochib kutib olgandi. Xozir u bolayam ulg'ayib FK DAVR bo'lib ketgan. Davrjon siz saytda birinchi bo'lib quchoq ochgan bo'lsangiz, xayotda men sizga birinchi bo'lib quchoq ochaman.
FK DAVR: Muxiddin aka raxmat. Davrjon deganingizga bir akamiz esimga tushib ketdi, xozir aytib qo'yay shuni, Zoxid aka va Yaxyobek telefon qilib hammaga salom yo'lladilar. Keyinga shunday uchrashuvlarga albatta kelishlarini aytdilar. SHu akamiz yaqinda qo'shaloq kizlardan keyin o'g'illi bo'ldilar. SHu o'g'ilchani bir duo qilib qo'yaylik. Nodirxo'ja akamizga ham Yaratgan shunday nematidan yana ato qilib egizak qizlarni yoniga egizak o'g'illardan berishligini so'rab duo qilib qo'yamiz. Endi qaerda yurganimga kelsak, manashu choyxonada o'tirgan odamlarni hammasi SAchilar. SHularni kutib olish, joylashtirish, xullas tashkiliy ishlar bilan bandmiz-da.

arsa_barsa 2410: -Yo'g'e, shularni hammasi SAchilarmi?
FK DAVR: -Hammasi emas, ko'pchilik kelolmagan. Bu erda saytda ro'yxatdan o'tmaganlar, o'tsayam komment yozavermaydiganlar ham ko'p.

Erkin Odilov: -Ibi man o'lay, bular nega bizga buncha tikilib qolishdi desam SAchilarmidi xali? Saytda hammaga otni qashqasidek malum bo'luvdik, endi bu erdayam rosa tomoshaqovoq bo'libmiz-u.
FK DAVR: Xullas gap bunday, hozir mana osh ham tayyor bo'ldi, o'ziyam ming kilolik qozonda osh damladik.

Erkin Odilov: -Ola-a. FK DAVR: Erkin aka ola-a bera-asi yo'q, 50 kilolikdan 20 qozon osh damlaganmiz. To'ydirish osonmi sizlarni. G'ulom aka, KANIMEX xullas SAdagi hamma oshpazlar o'choq boshida. NurBEK, arsa_barsa 2410, Pheonix_27, Muxriddinbek, PAYTUG CITY va boshqa yoshlar bari xizmatda mana. Suxbatimiz endi qiziydi-da.
Futbol N1: -Xa-a, shu ahilligimizga ko'z tegmasin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика