So’nggi yangiliklar

10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  10 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  2 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  10 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  1 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  2 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  4 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  6 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  49 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  2 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0

Bugun “CA” - 4 yoshda! “CHatxonadan – CHoyxonagacha”! Yangiliklar

Bugun “CA” - 4 yoshda! “CHatxonadan – CHoyxonagacha”!

Saytimizning eng faol va ijodga boy o'quvchilaridan biri “FK DAVR” erinmasdan sayt foydalanuvchilarining yozish uslubidan kelib chiqib, saytimizning 4 yoshi munosabati bilan “choyxona” uyushtirdi.
Mexanik-14: -Davr shu choyxonaga chaqirganmidingiz bizni?
FK DAVR: - Ha, shu choyxonaga. Bo'ladimi?

Mexanik-14: -Yaxshi, bo'ladi yomon emas. Endi boshqa do'stlarimiz ham kelsa bemalol boshlayverasizda loyihangizni.
FK DAVR: -E, qanaqa loyiha, shu erda ham-a. Bir uchrashaylik, ko'rishaylik, diydorlashaylik dedim-da.
Mexanik-14: -Xazillashamanda, ammo zo'r o'ylabsiz shuni. Nuqul saytda gaplashaveramizmi-a, mana bunday choyxonalarda yuzma-yuz o'tirib suhbatlashganga ne etsin. Iya, ana begona odamlar ko'rinib qolishdi. Xoynaxoy SAchilar bo'lsa kerak.

FK DAVR: -O'zingiz bu erda begonasiz-ku, ularni begonaligini qanday bildingiz?
Mexanik: -Begona odamni yurishidan malum, atrofga alanglab kelishlariga qarang, "o'zi to'g'ri keldikmikan, Davr degani qaysi biri ekan", - deb o'ylab kelishyabdi bular. Men borib kutib olay bularni, yana boshqa joyga o'tirib olishmasin-a.

FK DAVR: -Ha, shunday qiling.
Mexanik: -Ha akalar kimni qidiryabsizlar?

Futbol N1: -Hamma shu erga kelsin deyilgan ekan.
sharirov odil: -Ko'rpa to'shaklari bilan kelsin deyishibdi.

Mexanik: -Siz bitta yostik ham olib kelmabsizku? Hazil albatta, qani buyoqqa o'tinglar. Juda to'g'ri topib kelibsizlar men Mexanikman.
Tahlil_Tanqid: -E-e shunaqami. Davrni o'zlari qani?

Vekzodjon Real_Madrid Fanat 1992_20??: -Davr har doimgiday hammani to'plab o'zlari survorgandirda. Saytda shunaqami desam hayotda ham shunaqa ekanlar-u. (SHu payt Erkin Odilov 19-79 kirib keladi)
Erkin Odilov 19-79: - Yaxshiyam bular bitta mahallada yashamaydi, bo'lmasa har kuni choyxonada o'tirvolishib dunyoni g'iybatini kilishardi deb o'ylardim. Oxiri shuniyam yo'lini topibsizlarda. Hammaga obshiy privet!

Vekzodjon Real_Madrid Fanat 1992-20??: -Erkin aka keling zemlyak, jizzaxliklardan bitta o'zimmi deb o'tiruvdim. Davr oka har galgiday bizni chaqirib qo'yib o'zlari ananalariga sodiq qolib yana yo'qlar.
Erkin Odilov: -Buni hayron qoladigan joyi yo'q-ku, lekin yomon ezvordi-da shu bolayam loyiha deb. Mana endi o'zlari yo'k. O'zi rostdan ham gaplashganmikan bu choyxonani yana ketayotganda oficiant kelmasin 2ta barzangi telexraniteli bilan xisob-kitob qivoringlar deb.

Mexanik: -Erkin aka gapniyam olasizda. CHoyxona gaplashilgan faqat oficiantlar yo'q, o'zimizga o'zimiz xizmat qilamiz.
Erkin Odilov: -O'zimam biluvdim choyxonani Davr ikkalang gaplashganingdan shunaqa bo'lishini.

Futbol N1: -Mayli endi kelishga kelib qo'ydik, shundoq o'tiravermaylik qani yoshlar turinglar taltayib o'tiravermasdan, choy-poyga qaranglar.

NurVEK: -Mana biz-da SAni eng kichigi, nima xizmat bo'lsa aytaverasizlar.

arsa_barsa 2410: -Bizam xizmatga shay akalar!
Birodar Abduraimov: -Uka, choy obkelaqol unda.

Tahlil_Tanqid: -Xo'o'sh, nima qilamiz? Oshmi, yo boshqa narsami?
bek maur: -Tandir jiz qilaylik.

Yana_Shevchenko: -Kabob qilish kerak.
arsa_barsa 2410: -Gummami, Xorazmcha tuxum barakmi pishiraylik.

Vayern No1: -Ex, Davr bo'lganida so'rovnoma o'tkazvorardi. Qaysi ovqat ko'p ovoz olsa shuni pishirardik.
WalveRine: -Vauern No1 oldin o'sha fanatdoshiz hozir qaerda yurganligi haqida bir so'rovnoma o'tkazvorish kerak.

Mexanik: -Bu yog'idan havotir olmanglar, allaqachon oshga qaravorganmiz. Oshpaz ham o'zimizdan G'ulom aka. “Barsachi” Gulom.leo borku o'sha. KANIMEX men ham ovqat pishirishga qiziqaman, bu meni xobbiyim deb maqtanyotuvdi G'ulom akasini yoniga qo'shvordik kachigar qilib.
Tahlil_Tanqid: - Obbo azamatlarey buyog'ini boplabsizlar-ku. Yaxshiyam “barsachi”ni yoniga “arsenalchi”ni qo'yibsizlar, agar birorta “realchi”ni qo'yganinglarda bir-birini pishirib kelardi o'sha qozonda.

Futbol N1: -Qani bu choyga ketganlar? Xoy bola buyoqqa qaravor.
NurVEK: -Ha aka, o'zingizni ukangizni tanimay qoldingizmi? Nurbekman-ku!

Futbol N1: -I-ya, Nurbek senmiding xali, boya oq ko'ylak qora shimda bibbinoyi bola bo'lib yuruvding nega ko'k ko'ylak qizil shim kiyib olding.
NurVEK: -Ustimga suv to'kilib ketti-da, yaxshiyam kiyimlarim yonimda ekan. Bilasizu talabaman, bugun uyga ketayotgandim narsalarimniyam olib, bu uchrashuvimizni eshitib to'g'ri shu erga kelaverdimda. Hozir choyniyam olib kelaman.

Tahlil_Tanqid: -Ana tailandlik mehmon keldi.
Rheonix_27: -Aka, bu rostakamiga tailandlikka o'xshaydiku-a?

Tahlil_Tanqid: -Ha, tailandlik. Faqat O'zbekcha gapiradi-da.
Eldarado: -Qayoqdanam yutdim shu Tailandni biletini. Hammaga salom!

Futbol N1: -Eldaradojon aytingchi Fifa.uzda g'olib bo'lish uchun nima qilish kerak?
Eldarado: - Buning uchun "olamsport.som" saytini muntazam kuzatib borish kerak.
Neumar: -Yo'g'ey, qanaqasiga?

Eldarado: -Bo'lmasa nima dey. Baribir shubxalanasizlar-u mendan.
Rheonix_27: -Aka siz Davr aka o'tkazgan BMLda eng kuchli o'yinchi ekansiz-a?

Eldarado:
-Davr akang o'sha BMLni meni "paynet" o'yinimdan o'g'irlagan g'oyasini.
arsa_barsa 2410: -Davr aka xali o'g'riyammi?
Erkin Odilov: -To'g'riyammas-da. Birovlarni g'oyasini o'g'irlab yuradi.

Tahlil_Tanqid: - Muxiddin Xoliqov ko'rinmaydilar? Hamma ketgandan keyin kelib choyxonaga qorovullik qilmoqchimikan.
SHavkat SHukurov: - Assalomu alaykum yaxshilar. Kechikmadimmi?
Vekzod_Real Madrid Fanat 1992-20??: E-e ana SHavkat okam keldilar, ana endi purmano gaplardan eshitarkanmizda. Iya-iya Muxiddin okamlar ham kebqoldilaru.

Vekzod Real_Madrid Fanat 1992-20??: Muxiddin aka svet yo'q degan baxonangiz saytda o'tadi, bu erga kech kelishingizga svetni nima aloqasi bor. Yoki tramvayda keldizmi siz?
Mexanik: - Muxiddin aka shtrafiga bitta choynakdan to'ldirib olasiz-da endi.
Muxiddin Xoliqov: Qaysi choynakdan?

Mexanik: O'zimizni akbar choydan-da.
Muxiddin Xoliqov: Ha-a undan bo'lsa ichamiz.

Davomi bor...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика