So’nggi yangiliklar

23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1

Bugun bo'lib o'tadigan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" o'yini bilan oliy liganing 13-tur bahslari yakunlanadi Yangiliklar

Bugun bo'lib o'tadigan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" o'yini bilan oliy liganing 13-tur bahslari yakunlanadi

Bugun "Bunyodkor" stadionida oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" bahsi o'tkaziladi.

19:00 boshlanadigan uchrashuv katta ehtimol bilan "Sport" telekanali orqali efirga uzatilmaydi (na jonli, na yozib olingan holda). Va buning sabablari hozircha bizga malum emas.

Turnir jadvalida "Qo'qon-1912" 23 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. "Bunyodkor" hisobida esa 12 ochko bor bo'lib, ular 13-o'rinda borishmoqda.

13-turga kelib "Bunyodkor"ning 13-o'rinda borayotgani juda g'alati. Albatta, jamoaning zaxirada bitta o'yini bor, shunga qaramay Mirjalol Qosimov uchun "qaldirg'ochlar"ni yuqoriga ko'tarish oson bo'lmayapti. Bugun "Bunyodkor" o'z maydonida 6-uchrashuvini o'tkazadi. Jamoa avvalgi o'yinlarning faqat bittasida g'olib bo'lgan. "Bunyodkor" o'z uyida "So'g'diyona"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan.

Bilasizmi? "Bunyodkor" o'z maydonidagi o'yinlarda bittadan ko'p gol ura olmayapti. Umumiy hisobda to'plar nisbati 4-4. "Bunyodkor" uydagi oxirgi uchta o'yinni bir xil 1:1 hisobi bilan yakunladi. Raqiblar - "Dinamo", "Metallurg" va "Paxtakor".



Fakt: "Bunyodkor" oliy ligada ketmka-ket oltita o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti: to'rt durang, ikki mag'lubiyat.

"Qo'qon-1912"ning esa ishlari joyida. Bu jamoa bu yil har doimgidan yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Natijada qo'qonliklar bekorga yuqori o'rinlarda borishayotgani yo'q. Bugun ham yaxshi o'yin bo'lishi kutilmoqda. Sababi, "Bunyodkor"ni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi. "Qo'qon-1912" esa omadli seriyasini davom ettirishga harakat qiladi.

Fakt: Bugungi bahs "Qo'qon-1912" uchun safardagi 6-o'yin bo'ladi. Jamoa avvalgi bellashuvlarning ikkitasini o'z foydasiga hal etgan va uch marta durang o'ynagan. To'plar nisbati 8-6. "Qo'qon-1912" safarda 9 ochkoli bo'lgan.

Bilasizmi? "Qo'qon-1912" safar o'yinlarida hali mag'lub bo'lmagan. Umuman olganda, bu jamoa qatorasiga 11 o'yindan beri yutqazmay kelmoqda. Mana buni natija desa bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика