Bugun Azizbek Turg'unboev masalasi hal bo'ladi
05 fev 2019 11:57
Yangiliklar
Bugun Azizbek Turg'unboev masalasi hal bo'ladi
Joriy yilning 22 yanvar kuni "Paxtakor" klubi Aziz Turg'unboev bilan 1 yanvar kuni tuzilgan shartnomani OFK CHempionlar ligasi saralash bahslari uchun ro'yxatdan o'tkazishga olib keldi. 28 yanvar kuni esa klub PFL bosh direktoriga mazkur shartnomaga imzo qo'ygan futbolchi "Navbahor" safida xorij yig'inida ishtirok etayotgani yuzasidan shikoyat arizasi bilan murojaat yo'lladi. SHundan so'ng mazkur shikoyat arizasi PFL tomonidan O'FAning "Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita"siga oshirildi.
Natijada "Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita" hamda "Intizom va odob-axloq qo'mitasi" komissiyasi 2 fevral sanasidan ushbu masala yuzasidan ish boshladi.
Komissiya azolari mazkur holat yuzasidan to'plangan barcha faktlarni seshanba, 5 fevral kuni muhokama etish uchun yana to'plandi. Agar ushbu masala bo'yicha yana qo'shimcha malumot va ko'rsatmalar talab etilmasa, komissiya o'z qarorini 5 fevral kuni elon qilishi mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar