Bugun Angliya va Italiyada ECHLda o'ynaydigan jamoalar nomi aniqlanadi yoxud Franciyada kim chempion bo'ladi?
23 may 2021 13:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/638895_original.jpg)
![](/upload/storage/638895_220.jpg)
Bugun Angliya va Italiyada ECHLda o'ynaydigan jamoalar nomi aniqlanadi yoxud Franciyada kim chempion bo'ladi?
Angliya, Italiya va Franciya chempionatlari esa bugun o'z nihoyasiga etadi. Kecha Ispaniya chempionatida bo'lgani kabi bugun Franciyada chempion nomi aniq bo'ladi, shuningdek, Angliya hamda Italiyadan qaysi jamoalar Evropa CHempionlar ligasida ishtirok etishi malum bo'ladi. 23 may sanasida o'tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvlardan ayrimlari mazkur masalalarga oydinlik kiritib beradi. Tayyormisiz, unda boshladik!
Angliya
APLda allaqachon chempion nomi malum bo'lib ulgurgan. "Manchester Siti" jamoasi 37-turdan so'ng 83 ochko bilan yakka peshqadam. Eng yaqin taqibchisi "Manchester Yunayted"dan 12 ochko oldinda. MYU ham 2-o'rinni naqd etgan.
3-pog'onadagi "CHelsi"da 67, 4-5-o'rinlardagi "Liverpul" hamda "Lester"da 66 tadan ochko mavjud. Agarda bugun uchchala jamoa ham g'alaba qozonadigan bo'lsa jadvalda o'zgarish bo'lmaydi. "CHelsi" yoki "Liverpul" qoqilib, "Lester" g'alaba qozonsa jamoa 3-o'ringa ko'tarilib olishi mumkin.
"CHelsi" mehmonda "Aston Villa"ga qarshi o'yin o'tkazadi. London jamoasi mag'lub bo'lsa "Liverpul" yoki "Lester" mazkur vaziyatdan foydalanib ketish ehtimoli mavjud. "Aston Villa" esa yutsa ham, mag'lub bo'lsa ham o'zining 11-o'rnini yo'qotmaydi. Biroq agar "CHelsi" APL orqali CHempionlar ligasiga chiqa olmasa, ularda ECHLning ushbu mavsum final o'yini bor. O'sha o'yinda g'alaba qozonib, yo'llanmani o'ziniki qilishi mumkin.
"Liverpul" jamoasi "Enfild"da "Kristal Pelas"ni qabul qiladi. Liverpulliklar uchun g'alaba suv va havodek zarur. Agar 3 ochkoga ega chiqishsa ular faqat va faqat "CHelsi"ning ochko yo'qotishidan manfaatdor bo'lib qolishadi. "Kristal Pelas" ligada jon saqlab qolishni uddalagan. Ular mag'lub bo'lsa o'z o'rnini yo'qotishi mumkin. G'alaba qozonib, "Vulverxempton"dan o'tib ketish ehtimoli ham mavjud.
"Lester" jamoasi o'z o'yinini uyida "Tottenxem"ga qarshi o'tkazadi. Londonliklar hisobida 59 ochko mavjud va ular 7-o'rinda borishmoqda. Eng yaqin taqibchilar "Everton"da o'zi kabi 59, "Arsenal"da esa 58 ochko mavjud. Agar jamoa mag'lub bo'lsa hozirgi o'rnidan ham ayrilib qolish ehtimoli mavjud. "Lester" g'alaba qozongan taqdirda ham boshqa o'yinlardagi natijaga qarab qoladi, biroq mag'lub bo'lsa o'z o'rnini yo'qotmaydi va Evropa ligasida ishtirok etadi.
APLning 38-tur uchrashuvlari bugun, Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.
Italiya
Mazkur chempionatda ham vaziyat bazi jamoalar uchun qaltis. "Inter" jamoasi 37-turdan keyin 88 ochkoga ega va ular chempion bo'lishga ulgurishdi. 2-o'rindagi "Atalanta"da 78 ochko bor. 3-4-pog'oanalardagi "Milan" hamda "Napoli" 76 ochko to'plagan. O'zaro o'yinlardagi gollar hisobiga ko'ra "Milan" 3-o'rinni egallab turibdi. 5-pog'onadagi "Yuventus"da 75 ochko bor.
Bugun "Atalanta" jamoasi o'z uyida "Milan"ni qabul qiladi. "Atalanta" g'alaba qozonsa o'z o'rnini saqlab qoladi, biroq imkoniyatni boy bersa "Milan" 2-pog'onani "ilib" ketadi. Boshqa o'yinda "Napoli" g'alaba qozonsa "Atalanta" jamoasi 4-o'ringa tushib ketadi.
"Napoli" o'z uyida 10-o'rinda borayotgan "Verona"ni qabul qiladi. Veronaliklar mag'lub bo'lsa ham, g'alaba qozonsa ham o'z o'rnidan siljimaydi. "Napoli"ga esa 3 ochko zarur. Agar salbiy natija qayd etsa ECHL yo'llanmasisiz qolib ketish ehtimoli mavjud.
"Yuventus" jamoasi 12-pog'onadagi "Bolonya"ga qarshi mehmonda bahs olib boradi. Turinliklar uchun faqat va faqat g'alaba zarur. SHunda ham jamoa boshqa o'yinlardagi natijalarga qarashga majbur bo'ladi. "Bolonya" esa mag'lub bo'lgan taqdirda o'z o'rnini yo'qotishi mumkin.
"Milan", "Atalanta", "Napoli" hamda "Yuventus" ishtirokidagi o'yinlarning barchasi bugun, Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Franciya
Bugun Liga-1 da chempion nomi malum bo'ladi. "Lill" hamda PSJ jamoalari o'rtasidagi mazkur raqobat yakunlanadi. Ikki jamoa ham mehmonda to'p suradi.
"Lill" klubi "Anje" mehmoni bo'ladi. "Anje" 44 ochko bilan 12-o'rinni egallab turibdi. Jamoa mag'lub bo'lgan taqdirda ham ligada jon saqlab qoladi. "Lill" esa yutqazib qo'ysa chempionlikda quruq qolishi ehtimoli mavjud.
PSJ 16-o'rindagi "Brest"ning mehmoni bo'ladi. Mazkur uchrashuvda har ikki jamoa uchun ham g'alaba suv va havodek zarur. Agar parijliklar g'alaba qozonsa va "Lill" mag'lub bo'lsa jamoa chempion bo'ladi. Buning aksi bo'lsa, parijliklar chempionlikda quruq qolishadi, bu — bir, shuningdek, boshqa bir o'yinda "Monako" jamoasi g'alaba qozonsa PSJ 3-o'ringa tushib qoladi.
"Brest" jamoasi 3 ochko egasi bo'lsa ligada jon saqlab qoladi, bu — bir, ammo mag'lub bo'lsa va boshqa bir o'yinda "Nant" hamda "Loryan" ("Loryan" shunchaki ochko qo'lga kiritsa ham) g'alaba qozonsa jamoa quyi ligaga ravona bo'lish ehtimoli bor.
Franciya chempionatining 38-tur uchrashuvlari bugundan ertagaga o'tar kechasi, soat 00:00 da start oladi.
Hali "kuchli beshlik"ning uch chempionatida intriga "o'lmadi". Angliya hamda Italiya chempionatlarida ECHL hamda ELga ishtirok etadigan jamoalar nomi malum bo'lsa, Franciyada chempionlik masalasi hal bo'ladi.
Barchangizga yoqimli futbol oqshomini tilayman!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar