So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  11 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Bugun Andalusiyada tarixiy oqshom yoxud "Sevilya" - "Bavariya" Yangiliklar

Bugun Andalusiyada tarixiy oqshom yoxud "Sevilya" - "Bavariya"

Teglar :  SevilyaBavariya
Bugun Andalusiya tunida yangi tarix boshlanadi. Futbol tarixida ilk marta "Sevilya" Germaniyaning "Bavariya" jamoasi bilan to'qnash keladi.

"Sevilya" - "Bavariya"
Seshanba, 23:45, Sevilya, "Ramon Sanches Pisxuan". 
Bosh hakam - Daniele Orsato (Italiya).

Bu jamoalar hali o'zaro to'qnash kelishmagan. Ispaniyaliklar bir necha bora Germaniya jamoalari bilan to'qnash kelgan, myunxenliklar esa ispan klublari bilan ko'p bora kuch sinashgan. Tajriba borasida, albatta "Bavariya" etakchiroq. Biroq bu g'alaba degani emas. Statistikalarga etibor beradigan bo'lsak, ikki tomonda ham imkoniyatlar etarlicha.

"Sevilya" 1/8 finalda "Manchester Yunayted"ni turnirdan chiqarib yubordi. Buni esa ular alo darajada uddalashdi. Agarda MYU darvozasini De Xea emas, boshqa darvozabon qo'riqlaganida Ispaniya jamoasi ushbu raqibga ko'proq gol kiritgan bo'lardi. Sensaciya deysizmi? Yo'q, chunki o'yin sifatiga etibor beradigan bo'lsak, buni sensaciyaga yo'yish shart emas. "Bavariya" esa yarim kuch bilan "Beshiktosh"ni mag'lub etdi.

O'z muxlislari qarshisida o'ynash - uy jamoasiga har doim qo'shimcha ishtiyoq beradi. Juftlikda shak-shubhasiz "Bavariya" favorit, biroq bugungi uchrashuvda kim g'alaba qozonishini oldindan aytish juda mushkul. O'yinning Ispaniyada o'tishi "Sevilya"ning imkoniyatini oshiradi, biroq Montella jamoasining keyingi bosqich uchun imkoniyatlari biroz kamroq.

Dam olish kunlarida "Sevilya" kuchli raqib bilan o'yin o'tkazdi, bu esa ECHLdagi ushbu bahsdan oldingi muhim repeticiya bo'lib xizmat qildi. Gap LaLiga doirasida "Barselona"ga qarshi uchrashuv haqida ketmoqda. O'shanda maydon egalari raqiblarini 3:0 hisobida ham mag'lub etishi mumkin edi, biroq bahs siz bilgan hisob bilan yakunlandi. "Sevilya" top-klublarga qarshi qanday o'ynashni biladi. Agarda jamoa vaziyatlardan foydalana olsa, raqibni mag'lub etishi mumkin.

"Bavariya" status bo'yicha favorit jamoa, biroq ularni Ispaniyada jiddiy bahs kutib turibdi. "Sevilya" o'z maydonida har doim tajovuzkor o'yin namoyish etadi. Bu stadionda mehmonlar qo'lga kiritgan bir ochkosidan ham juda xursand bo'ladi. Agarda "Sevilya" keyingi bosqichga chiqishni istasa, bugun yirikrok hisobda g'alaba qozonishi kerak.

Montella jamoasida katta yo'qotish bor - Ever Banega. U jamoaning asosiy futbolchisi. Usiz "Sevilya" umuman boshqacha o'yin namoyish etadi. Mehmonlar tarkibida esa Kingsli Koman va Manuel Noyer jarohatidan davolanishmoqda.

Balkim uchrashuv davomida "Sevilya" himoyaviy uslubda o'ynar, biroq "Bavariya" kichik bo'sh hududni ham egallay oladi va raqib xatolaridan foydalanishni biladi.

TAXMINIY TARKIBLAR

"Sevilya": Riko - Merkado, Kyaer, Lengle, Eskudero -Nzonzi, Pisarro - Sarabiya, Vaskes, Korrea - Muriel.

"Bavariya": Ulrayx - Kimmix, Boateng, Xummels, Alaba - Xames, X. Martines, Myuller - Robben, Levandovski, Riberi.

Jarohatlanganlar: Koman, Noyer (ikkisi ham "Bavariya"dan).

Diskvalificiyadagilar: Banega ("Sevilya").

QIZIQARLI FAKTLAR

- "Sevilya" ikkinchi marotaba ECHL/Evropa Kubogining ushbu bosqichiga etib keldi. SHularning birinchisi 60 yil oldin bo'lgandi.

- "Sevilya" Germaniya jamoalari bilan o'tgan so'nggi uch uy uchrashuvida g'alaba qozongan va gol o'tkazib yubormagan.

- "Bavariya" so'nggi 4 mavsumda ECHL pley-offlarida Ispaniya jamoalaridan mag'lub bo'lgan.

- "Sevilya"ning Germaniya jamoalari bilan pley-offlardagi statistikasi: 3 g'alaba, 2 mag'lubiyat. So'nggi bora andalusiyaliklar Evropa ligasining 1/16 finalida Ispaniya jamoasini musobaqadan chiqarib yuborgan (uyda 1:0, safarda 3:2).

- "Bavariya" Ispaniyadagi so'nggi 5 uchrashuvda mag'lub bo'lgan. "Sevilya" esa Germaniya jamoalari bilan o'tgan so'nggi 11 uy uchrashuvida mag'lub bo'lmagan (7 g'alaba, 4 durang).

- "Sevilya" 1957/58 yilgi mavsumda Evropa kubogining (o'shanda jamoa uchun debyut mavsum bo'lgan) 1/4 finaligacha borgan va "Real"ga 2:10 hisobida mag'lub bo'lgan (safarda 0:8, uyda 2:2).

- "Bavariya" ECHLning 1/4 finaliga 17 marta chiqdi.

- "Bavariya"ning Ispaniya jamoalari bilan o'tgan pley-off bahslaridagi statistikasi: 6 g'alaba, 5 durang, 15 mag'lubiyat.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика