So’nggi yangiliklar

10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  9 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  0 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  8 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  1 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  2 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  2 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  6 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  48 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  2 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  15

Bugun Alisher Usmonov 66 yoshga to'ldi! Yangiliklar

Bugun Alisher Usmonov 66 yoshga to'ldi!

Bugun o'zbekistonlik mashhur milliarder, sport jonkuyari, madaniyat va sanatga ham befarq bo'lmagan ajoyib inson Alisher Burxanovich Usmonov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Alisher Burxanovich Usmonov - 1953 yilning 9 sentyabr kuni Namangan viloyatining CHust shahrida dunyoga kelgan. Bolaligidan sportga befarq bo'lmagan yosh Alisher qilichbozlik bilan shug'ullana boshlagan va faoliyati davomida aytishga arzigulik yutuqlarga erishgan.   

Uning hayoti va faoliyati haqida Vikipediya sahifasi va boshqa manbalarda juda ham ko'p va xo'p malumotga ega bo'lgansiz. Biz shunchaki Usmonovning chinakam sport fidoiysi va homiysi ekanligini yana bir bor eslatib o'tmoqchimiz. Nafaqat uning o'zi, balki turmush o'rtog'i Irina Viner Usmonova ham umrini sportga bag'ishlaganlardan. 

Samarqand viloyatida tavallud topgan Irina badiiy gimnastika bo'yicha bir necha bor O'zbekiston chempioni bo'lgan. Viner xonim 1972-1992 yillar oralig'ida Toshkent shahri hamda O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. 1992 yili Moskvaga ko'chib o'tgan Irina Viner o'sha yilning o'zida Alisher Usmonov bilan turmush qurgan. Viner 2008 yildan to shu kungacha Rossiya badiiy gimnastika federaciyasi prezidenti lavozimida ishlayapti. SHuningdek, terma jamoa murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritmoqda. O'z o'rnida O'zbekiston badiiy gimnastikasiga ham faol yordam berib kelyapti. 

Alisher Usmonov 2008 yilning 6 dekabridan to shu kungacha Xalqaro qilichbozlik federaciyasining prezidenti hisoblanadi. 2015 yili poytaxtimizda yoshlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionati mezbonligi ham o'z-o'zidan yurtimizga berilgani yo'q. O'shanda bunday musobaqani o'zida qabul qilish istagida bo'lgan davlatlar etarlicha edi. 

Eng muhimi, o'sha jahon chempionati uchun poytaxtimizga beg'araz yordam tariqasida taqdim etilgan va juda ham qimmat turadigan inventarlar bugungi kunda Andijon ixtisoslashtirilgan qilichbozlik markazida yosh sportchilarimizga xizmat qilyapti. Har bir yo'lakning bahosi 10 000 evrodan kam turmaydi. O'zi aslida qilichbozlik qimmat sport turlaridan biri hisoblanadi. Qilich va maxsus liboslarning “tozasi” jahon bozorida juda qimmat. 

Yana bir fakt. O'zbekiston terma jamoasi muhim musobaqalar oldidan Rossiya terma jamoasiga qarashli Moskva viloyatida joylashgan zamonaviy qilichbozlik bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Buning uchun esa hech qanday pul to'lanmaydi. 

O'tgan yili Alisher Usmonov mustaqilligimizning 27 yillik bayrami arafasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko'ra “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan edi. 

Fursatdan foydalanib, Alisher Usmonovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. O'zbek sporti rivojiga qo'shayotgan hissasi yo'lida Alisher Burxanovichga kuch-quvvat tilaymiz.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика