Bugun AGMK “Spartak” bilan o'ynaydi
22 jan 2023 08:45
Yangiliklar


Bugun AGMK “Spartak” bilan o'ynaydi
Bugun, 22 yanvar kuni AGMK Dubaydagi yig'ini doirasida navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi.
Raqib Moskvanin “Spartak” jamoasi bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:15 da “Jabil Ali” maydonida boshlanadi.
Olmaliqlar bundan oldin “SHabab Al Ahli”ga 0:1 hisobida yutqazib, BAAning “Al Hamriah” jamoasini 1:0 natijasi bilan mag'lub etishgandi.
Avvalroq, AGMK yig'iniga "Surxon"da o'ynagan ispaniyalik hujumchi Ruben Sanches qo'shilgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar