So’nggi yangiliklar

07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  0 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  156 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  136

Bugun AGMK Qatarda OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun o'ynaydi Yangiliklar

Bugun AGMK Qatarda OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun o'ynaydi

Teglar :  Al GarafaAGMK
Bugun Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Al Garafa" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Al Garafa" (2004 yilgacha "Al-Ittihod" deya nomlangan) 1979 yilda tashkil topgan. "Al Garafa" Qatar yuqori divizioni - Yulduzlar ligasi ishtirokchisi sanaladi. Ayni paytda jamoani serbiyalik mutaxassis Slavisha Yokanovich boshqaradi. U ilgari "Partizan", "Muangtong Yunayted", "Levski", "Erkules", "Uotford", "Makkabi", "Fulxem" kabi klublarda ishlagan. Slavisha Yokanovich 2019 yildan etiboran «Al Garafa»ni boshqarmoqda.

Tarkibda yulduz o'yinchilardan Ku Ja CHol va Sofian Xanni singari taniqli futbolchilar bor.

«Al Garafa» joriy mavsum Qatar Yulduzlar ligasida 21 o'yinda 30 ochko to'plab 6-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati: 36-33.

«Al Garafa» jamoasi ilk bor 2006 yilgi mavsumda OCHL guruh bosqichida o'ynagan va shu kungacha ushbu musobaqada jami 53 o'yin o'tkazgan. «Al Garafa» o'tkazilgan uchrashuvlarda 17 g'alaba, 11 durang va 25 mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati: 77-90.

AGMK 2019 yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida o'ynagandi. O'shanda jamoamiz dastlab Olmaliqda Tojikistonning «Istiqlol» jamoasini (4:2) mag'lub etgan va guruh bosqichiga chiqish uchun hal qiluvchi bahsda esa Saudiya Arabistoni klubi «Al Nassr»ga (0:4) yutqazgandi.

«Al Garafa»ga qarshi bo'lajak o'yin AGMK uchun OCHL doirasidagi 3-o'yinga aylanadi. Hozircha AGMK hisobida 1 g'alaba va 1 mag'lubiyat mavjud. To'plar nisbati: 4-6.

AGMK jamoasi 7 aprel kuni Dohadagi «Suhaim Bin Hamad» stadionida mezbon «Al Garafa» bilan OCHL guruh bosqichi yo'llanmasi uchun kurashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:20da boshlanadi.



OCHL-2021. Pley-off bosqichi o'yini.
7 aprel, chorshanba.
«Al Garafa» — AGMK
Doha, "Suhaim Bin Hamad" stadioni.
Hakamlar
: Ali Sabah Adday Al-qaysi, Hayder Abdulhasan Ali Ubaydee, Ameer Davud Husseyn Alvindavi, Feras Tavil
Nazoratchi: Naser Darvish Mustafa Algafari
Komissar: Ali Jebril
Boshlanish vaqti: 20:20


Al-Gharafa

AFC Champions League Qualification . final-tur

07/04/2021, 21:20

1
:
0
Finished AET

AGMK

Jovan Djokic - 120'

45'
90'
120'
120'  Jovan Djokic


OK-2011 to'purari, uchta JCH ishtirokchisi, "Uotford" sobiq futbolchisi, Belgiya chempionatining eng yaxshi o'yinchisi - AGMK raqibi "Al Garafa" qaysi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazdi         

FAKT! "Al Garafa" 2021 yilda uchta g'alabaga erishdi va oxirgi to'rtta bahsda bittagina gol urdi         

"Al Garafa"ning o'zbek klubiga qarshi so'nggi o'yini qanday bo'lgandi?         

OCHL. "Al Garafa" o'z maydonida hech qachon o'zbek klublariga yutqazmagan         

"Al Garafa" - AGMK. Jamoalarning qaysi rangli formada o'ynashi malum         

AGMK Qatardan g'alaba bilan qaytsa, OCHL guruh bosqichida o'ynaydigan O'zbekistonning ettinchi jamoasi bo'ladi         

Mirjalol Qosimov: "Ertaga biz nafaqat AGMK shani, balki o'zbek futboli mavqei uchun ham kurashamiz"         

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика