So’nggi yangiliklar

19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - ОКМК  1 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  3 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   11 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  3 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  1 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  11 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  2 14:20Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади?  10 14:00Достонбек Тўхтабоев: "Нефтчи"нинг кучли томонларини тўхтатишга тайёр эдик"  1 13:42Ротен ПСЖдаги Месси ҳақида: "Пиёда юрарди, ўзини бағишламасди. Бу ҳақда сукут сақлаганларнинг ҳаммаси эркак эмас"  23

Bugun Afrika millatlar kubogi start oladi Yangiliklar

Bugun Afrika millatlar kubogi start oladi

Bugun, 14 yanvar kuni Gabon mamlakatida hisob bo'yicha 31-Afrika millatlar kubogi musobaqasi boshlanadi.

Unda qora qitaning eng kuchli 16ta terma jamoasi bosh sovrin uchun kurash olib boradi. CHempion shu yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Konfederaciyalar kubogi musobaqasida ham ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.



Musobaqa o'yinlari Gabon mamlakatining to'rt shahrida joylashgan to'rt stadionda bo'lib o'tadi. Bahslar bo'lib o'tadigan shahar va stadionlar:

Librevil - "Stad De Amitie" (40000 tomoshabin)
Francevil - "Stad De Francevil" (22000)
Oyem - "Stad D'Oyem" (20000)
Port-Jentil - "Stad De Port-Jentil" (20000)



Musobaqada ishtirok etish bo'yicha Misr terma jamoasi mutloq rekordchi. "Firavnlar" bu yil 23-marta qita kubogida qatnashishadi. Undan keyingi o'rinlarda Kot-d’Ivuar (22 marta) va Gana (21 marta) jamoalari qayd etilishgan. Gvineya-Bisau terma jamoasi bu yil ilk bor Afrika kubogi final bosqichida ishtirok etadi. Uganda esa 1978 yildan beri musobaqada ilk bor qatnashadi.

Misr terma jamoasi chempion bo'lishda ham qitada rekordchi. Bu terma jamoa 7 marta Afrikada tengsiz bo'lgan. So'nggi bor Misr 2010 yilda chempionlikka erishgandi. Gana hamda Kamerun terma jamoalari 4 martadan chempionlikni nishonlashgan.

Bu yilgi musobaqada ishtirok etayotgan yana DR Kongo, Marokash, Jazoir, Kot-d’Ivuar va Tunis terma jamoalari ham kamida bir martadan Afrika kubogini qo'lga kiritishgan.

So'nggi Afrika kubogi bundan ikki yil oldin Ekvatorial Gvineyada bo'lib o'tgandi. O'shanda Kot-d’Ivuar terma jamoasi finalda Ganani penaltilar seriyasida mag'lub etib chempionlikka erishgandi. Ayni paytda Yaya Ture va Dide Drogbaning sobiq jamoasi Afrikaning amaldagi chempioni hisoblanadi.



AFRIKA MILLATLAR KUBOGI-2017

"A" guruhi: Gabon, Burkina-Faso, Kamerun, Gvineya-Bisau
"V" guruhi: Jazoir, Tunis, Senegal, Zimbabve
"S" guruhi: Kot-d’Ivuar, DR Kongo, Marokash, Togo
"D" guruhi: Gana, Mali, Misr, Uganda

1-tur
14 yanvar

21:00 - Gabon - Gvineya-Bisau
23:55 - Burkina-Faso - Kamerun

15 yanvar
21:00 - Jazoir - Zimbabve
23:55 - Tunis - Senegal

16 yanvar
21:00 - Kot-d’Ivuar - Togo
23:55 - DR Kongo - Marokash

17 yanvar
21:00 - Gana - Uganda
23:55 - Mali - Misr


Afrika millatlar kubogini www.championat.asia bilan birga kuzatib boring.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика