So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Bugun 2020 yilgi Superliga boshlanadi. “Paxtakor” “Navbahor” bilan o'ynaydi Yangiliklar

Bugun 2020 yilgi Superliga boshlanadi. “Paxtakor” “Navbahor” bilan o'ynaydi

2020 yilgi Superliga Toshkentda "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi bilan boshlanadi.

Faqatgina ushbu jamoalar chempionatlar doirasida barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishadi. Demak, bu to'qnashuvlarni klassik qarama-qarshilik turkumiga kiritish mumkin. Tomonlar hozirga qadar 58 uchrashuvda maydonga tushishgan. O'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 36 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 9 bor raqib bilan durang o'ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 98 gol urilib, 45 to'p o'tkazib yuborilgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 24tasida "Paxtakor" g'alaba qozonib, 4 durang va 1 mag'lubiyatni qayd etgan. “Paxtakor” o'z maydonida oxirgi 23 o'yinda 21 g'alaba va 2 durangga erishib, umuman mag'lubiyatga uchramagan. O'z o'pnida shuni takidlash joizki, “Navbahor” Andrey Kanchelskis murabbiyligida Toshkentda “Paxtakor”ga yutqazmagan. Poytaxtda 2018 yili o'tkazilgan o'yinda 0:0, 2019 yili bo'lib o'tgan bahsda esa 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan.



O'zaro o'yinlar tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 7:0 hisobi jamoalarning Toshkentda 2009 yil o'tgan bellashuvida kuzatilgan. O'shanda "Paxtakor" namanganliklarni o'ta yirik hisobda dog'da qoldirgan. Jami 8 marta "sherlar" namanganliklarni yirik natijalar bilan tor-mor keltirgan. Bu safar mavsumning ochilish uchrashuvida jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi.

"Paxtakor" safiga yangi mavsum oldidan Eren Derdiyok (SHveycariya), Umar Eshmurodov, Anzur Ismoilov, Asadbek Sobirjonov va Abror Ismoilov kabi yangi futbolchilar kelishdi.

"Navbahor"ga yangi mavsumdan oldin Xurshidbek Muxtorov, Islom Isoqjonov, Husayn Ergashboev, Javlon Ibrohimov, Islom Abdullaxonov, Islom Rashidxonov, Tohir SHamsitdinov, Anvar Hojimirzaev, Sardor Telyakov, Ruslan Bolov (Rossiya), Zabihillo O'rinboev va SHahzod Hamidov kabi futbolchilar qo'shilishdi.


"Paxtakor" va "Navbahor" o'rtasidagi uchrashuv 27 fevral, payshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 16:00da start oladi.


Paxtakor

Igor Sergeyev - 51', Igor Sergeyev - 89'

Superliga. 1-tur

27/02/2020, 16:00

1
:
2
Tugadi

Navbahor

Ivan Solovyov - 26'

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

45'
90'
12'  Xozhiakbar Alizhonov
33'  Egor Krimets
41'  Sardor Sobirxo’jayev
51'  Igor Sergeyev
51'  Dragan CHeran
68'  Sardor Sobirxo’jayev (Eren Derdiyok)
72'  Eren Derdiyok
78'  Egor Krimets
83'  Dostonbek Hamdamov (Asadbek Sobirzhonov)
89'  Igor Sergeyev
89'  Anzur Ismoilov
90'  Igor Sergeyev (Sherzod A’zamov)
90'  Farrux Sayfiev
21'  Islombek Isoqjonov
26'  Ivan Solovyov
26'  Abbos G'ulomov
45'  Islombek Isoqjonov
82'  Xurshidbek Muxtorov



Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика