Bugun 18:00. O'zbekiston U-16 - Suriya U-16 yoxud JCH uchun bahs
14 sen 2014 07:55
Yangiliklar
Bugun 18:00. O'zbekiston U-16 - Suriya U-16 yoxud JCH uchun bahs
Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Tailanddagi Osiyo chempionatining chorak finalida Suriya bilan kuch sinashadi.
O'smirlarimiz o'z guruhlarida KXDR, Nepal va Quvayt kabi jamoalarni ortda qoldirib birinchi o'rinni egallashdi.
Suriya esa qiyin guruhda ikkinchi bo'ldi. Ularning guruhida Eron birinchi o'rinni oldi. Saudiya Arabistoni va Qatar esa guruhdan chiqa olishmadi.
Aleksandr Mochinov boshchiligidagi o'smirlarimiz bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da Suriyaga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu o'yinda g'alaba qozongan jamoa yarim finalga chiqish bilan birgalikda keyingi yil CHilida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanmaga ega chiqadi.
O'zbekiston - Suriya uchrashuvi SPORT telekanali orqali jonli ravishda efirga uzatiladi. Saytimiz orqali matnli translyaciya ham olib boriladi.
CHorak final juftliklari
13:30 - Janubiy Koreya - Yaponiya
13:30 - Avstraliya - Malayziya
18:00 - O'zbekiston - Suriya
18:00 - Eron - KXDR
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar