So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  17 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

Bugun. 18:00. O'zbekiston - Eron Yangiliklar

Bugun. 18:00. O'zbekiston - Eron

Teglar :  O'zbekiston MTJEron
Bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Eron bilan o'ynaydi.

O'tgan mundial saralashidagi ashaddiy raqiblar kurashni yana davom ettirishadi. Hozircha raqibidan oldinga o'tishga erishgan O'zbekiston uchun mazkur bahsning ahamiyati qanchalik yuqori ekanini tushuntirib o'tishning hojati yo'q. Hozirgacha jahon chempionati saralash uchrashuvlarida ahamiyati bunchalik baland bellashuv bo'lmagan. G'alaba terma jamoamizni asosiy raqobatchidan 5 ochko ilgarilab ketishiga zamin yaratadi. SHunday ekan, 90 daqiqa mobaynida bor kuchni ishga solib, xayolni bir erga to'plab, maydonning har bir qarichida jang qilish darkor. Buni futbolchilar va murabbiylar shtabi yaxshi tushunib turganiga shubha qilmaymiz. 

Har ikki jamoa tarkibida yo'qotishlar mavjud. Umid qilamizki, bu Eronga qimmatga tushadi. Jamoalar hozircha bu bosqichda darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda. Bu yoqimli ananani ham terma jamoamiz saqlab qolishiga umid qilamiz. Keyrush boshchiligadi Eron dastlabki ikki turda odatdagidek kurashlarga boy futbol namoyish qildi. Hujumda esa jamoani o'ta ijodkor deb bo'lmaydi. Qatar Tehronda 90+4-daqiqagacha deyarli gol urishga yaqqol vaziyat bermadi. Gollar Qatar darvozabonining qo'pol xatolari tufayli urildi. Muhimi, Eronga hujum uyushtirayotgan chog'da bo'sh hududlarni ko'p qoldirmaslik.




O'zaro o'yinlar

Bu ikki jamoa bugunga qadar 6 marta to'qnash kelishgan.

1998 yil Tailandda o'tgan Osiyo o'yinlari chorak finalida Eron vakillarimizni 4:0 hisobida taslim qilgandi. 2007 yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasida o'tgan bahsda ham Eron g'olib bo'lgan - 2:1.

2009 yil Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilgan. Bahsda hisob ochilmagan edi - 0:0. 2012 yil JCH-2014 saralashi doirasida bu ikki jamoa Toshkentdagi "Jar" stadionida bellashishgan. Uchrashuvda mehmonlar so'nggi daqiqalarda gol urib g'alabani ilib ketishgandi - 0:1.

O'sha yil noyabr oyida Tehronda o'tgan o'yinda Ulug'bek Baqoevning urgan goli O'zbekistonga qarama-qarshilikdagi birinchi va hozircha yagona g'alabani keltirgan edi - 0:1.

Nihoyat 2015 yilda Toshkentda bu ikki jamoa yana bir marta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishgan. Bu safar forslar bitta gol evaziga safarda g'alabaga erishishgandi - 0:1.

Eron va O'zbekiston o'rtasidagi 6ta o'yinning bittasida vakillarimiz, 4tasida forslar g'olib chiqishgan. Faqat bir bor durang qayd etilgan. To'plar nisbati 8:2 Eron foydasiga.

Toshkentda bu jamoalar uch marta o'yin o'tkazishgan. Ularning hech birida O'zbekiston yuta olmagan va umuman gol ura olmagan.




Sariq kartochkasi borlar 

Ushbu o'yindan oldin terma jamoamiz safida diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilar yo'q. 

O'zbekistonda Aleksandr Geynrix va Anzur Ismoilov hisobida bittadan ogohlantirish mavjud. Ular uchun navbatdagi sariq kartochka diskvalifikaciyaga aylanadi.



O'zbekistonning o'yin uchun tarkibi: 

Darvozabonlar:
 Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimec (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“CHangchun Yatay”, Xitoy), Stanislav Andreev (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Aziz Haydarov (“Ash SHabob”, BAA), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), Eldor SHomurodov ("Bunyodkor").

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston).




Darvozabonlar: Alirizo Haqiqiy (“Maritimo”, Portugaliya), Alirizo Biyronvand (“Persepolis”, Eron), Muhammadrizo Axboriy (“Traktorsoziy”, Eron).

Himoyachilar: Vuriya G'ofuriy (“Istiqlol”, Eron), Ramin Rizoiyon (“Persepolis”, Eron), Milod Muhammadiy (“Terek”, Rossiya), Jalol Hussayniy (“Persepolis”, Eron), Murtazo Puraliganjiy (“As Sadd”, Qatar), Muhammad Ansoriy (“Persepolis”, Eron),

Yarim himoyachilar: Ehson Hojisafi (“Sepohon”, Eron), Umid Ibrohimiy (“Istiqlol”, Eron), Sayid Izzatullohiy (“Rostov”, Rossiya), Andronik Teymuryan (“Moshinasoziy”, Eron), Mehdi Turobiy (“Saypa”, Eron), Alirizo Jahonbaxsh (“AZ-Alkmaar”, Niderlandiya), Vohid Amiriy (“Persepolis”, Eron), Mehdi Torimiy (“Rizaspor”, Turkiya), Ashkan Dejaga (“Al-Arabiy”, Qatar), Masud SHo'jaiy (“Panionios”, Greciya), So'rush Rafeiy (“Traktorsoziy”, Eron)

Hujumchilar: Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya), Karim Ansorifard (Panionios, Greciya), Rizo G'uchannajod (“Herenven”, Niderlandiya)





O'ZBEKISTON – ERON
6 oktyabr 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00
Bosh hakam 
- Benjamin Uilyams (Avstraliya). 
Qanot hakamlari: Devid Uelsh, Natan Makdonald (ikkisi Avstraliya)
To'rtinchi hakam – Jared Jillet (Avstraliya).
Nazoratchi - Salim Said Alsuvaydi (BAA)
Komissar – Jebril Ali (Falastin).

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика